Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ronaldu taqdirga tan berishga majburmi? — jurnalist vaziyatni tahlil qildi

Ronaldu taqdirga tan berishga majburmi? — jurnalist vaziyatni tahlil qildi

Baho:
+ | -

Ushbu jahon chempionatining eng bahsli futbolchisi shubhasiz, Krishtianu Ronaldu bo‘lib turibdi. U bosh murabbiyga terma jamoani tark etish bilan tahdid qildi — bu xabarni Record nashri chop etdi. Biroq Portugaliya terma jamoasi bunga darhol raddiya berdi: «Portugaliya futbol federasiyasining ta’kidlashicha, terma jamoa sardori Krishtianu Ronaldu Qatardagi turnir davomida hech qachon jamoani tark etish haqida og‘iz ochmagan».

Kim haqligini ayta olmaymiz - terma jamoami yoki Record nashri. Biz faqatgina ushbu gazeta mamlakatdagi uchta asosiy sport nashrlaridan biri ekanligini bilamiz xolos, portugaliyalik jurnalistlarning fikriga ko‘ra, bu OAV yaxshi manbalarga ega. Biroq, terma jamoa buni tezda inkor etgani uchun Ronalduning terma jamoadan muddatidan oldin ketishi dargumon degan fikrga kelamiz.

Savolni boshqacha qo‘yish kerak: marokashliklarga qarshi 1/4 final bahsida terma jamoa sardorini dastlabki daqiqalardan asosiy tarkibda maydonga tushirish kerakmi? Bu haqda  portugaliyalik jurnalist Gil Nunyes xabar berdi. U Record nashri uchun ishlamaydi. Sentyabr oyida «Ronaldu out, Portugaliya olg‘a» degan dahshatli maqola bilan chiqqan A Bola uchun ham uning dahli yo‘q. Nunyes O Jogoda futbol tahlilchisi sifatida ishlaydi.

- JCH-2022 1/8 finalida asosiy tarkibda Ronalduning yo‘qligini qanday baholaysiz?

- «Bu yerda taktik sabablar bor: Goncalu Ramush - ajoyib hujumchi, Shveysariya esa himoyada juda ko‘p kamchiliklarga ega edi. Krishtianu o‘z hududida va cheklangan bir nechta hududlardagina yaxshi xolos. U endi bir xil intensivlikka ega emas.

- Ko‘rinishidan, Ronaldu 1/8 finalda zaxira o‘rindig‘iga o‘tirib, hafsalasi pir bo‘lgandek taassurot qoldirdi.

- U Koreya bilan o‘yinga yengil munosabatda bo‘ldi va murabbiy jamoaviy ruhni kuchaytirish uchun vaziyatdan unumli foydalanishga qaror qildi. Terma jamoada iqtidorlar yetarli, endi Ronalduga qaramlik hissi yo‘q.

- Agar Fernandu Santush o‘rnida bo‘lganingizda, Ronalduni 1/4 finalda asosiy tarkibda o‘yinni boshlashiga ruxsat bergan bo‘larmidingiz?

- Yo‘q. Ramush shiddatlilik, yuqori pressing va yarim himoya bilan o‘zaro munosabatlarda foydaliroq (yoshligida u maydon markazida o‘ynagan). U bilan jamoa yanada muvozanatli ko‘rinadi. Ramush vaziyatlarni tugatish bo‘yichagina Ronaldudan kamroq imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin, ammo Gonsaluda o‘ziga bo‘lgan katta ishonch mavjud. Umuman olganda, Ramushni tanlashga asosiy sabab hujumchining yarim himoyachilar bilan kuchli bog‘lam hosil qilishidir, bu esa ko‘proq ijodiy o‘yin quruvchi jamoalarga qo‘l keladi» deydi Nunyes.

Albatta, Ronaldu opa-singillari bu borada boshqacha fikrda. Ular qolganlardan buyuk futbolchini hurmat qilishni talab qilishadi. Faqat bu yerda hamma savol hurmat nimaga bog‘liq ekanligida. Ronaldu 37 yoshda, u shunchaki raqobatda yutqazmoqda va buning uchun o‘zini kechirolmayapti. Bu klubda ham, terma jamoada ham sodir bo‘lyapti. Bu Ronalduga qarshi qandaydir fitna emas. To‘g‘rirog‘i, murabbiylar mustaqil ravishda bir xil narsaga qo‘l urmoqda. Futbolchining vatanida Ronalduga sig‘inish va uning agenti Jorj Mendeshning ta’siriga qaramay, bu haqda allaqachon ochiq gapirilmoqda.

Kiritildi: 20:12, 08.12.2022.
O'qildi: 3176 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.