Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Irlandiya aviakompaniyasidan trolling

Irlandiya aviakompaniyasidan trolling

Baho:
+ | -

JCH-2022 guruh bosqichida omadsizlikka uchragan azaliy kuchli jamoalar ijtimoiy tarmoqlarda turli darajada kalaka ostiga olinmoqda.

Ayniqsa, Qatarga bosh favoritlardan biri sifatida yo‘l olgan, ammo o‘z kvartetida 3-o‘rin bilan cheklangan Germaniya milliy jamoasiga qaratilgan memlar juda ko‘p.

Hattoki, Irlandiyaning Ryanair aviakompaniyasi ham JCH-2022 guruh bosqichi yakunlariga befarq qaramadi, voqelikka munosabat bildirishda chetda qolmadi. Yevropa aviatashuv biznesida o‘z o‘rniga ega kompaniya «Tvitter» ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida Qatar mundia­li bilan muddatidan ancha oldin xayrlashgan Germaniya va Belgiya milliy jamoalariga ajoyib trolling qilish imkoniyatidan unumli foydalandi.

Xullas, Ryanair aviakompaniyasi barchasini uch bo‘lakdan iborat bitta suratda ifodaladi. Surat bo‘laklariga yozilgan izohlarga gap bo‘lishi mumkin emas. Mana, o‘zingiz baho berishingiz mumkin:



Polsha tashuvchisi - Voysex Shesni

Fransiya tashuvchisi - Kilian Mbappe

Germaniya va Belgiya tashuvchisi - Ryanair

Qatar TV telekanali boshlovchilari ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqti Germaniya termasini kalaka ostiga olishdi. Boshlovchi «Germaniya termasini JCH-2022dan shunday kuzatib qo‘ydik», - deya og‘zini bir qo‘li bilan yopgan holda, ikkinchisi bilan xayrlashuv ishorasini ko‘rsatdi. Bunda studiya mehmonlari ham boshlovchi harakatini takrorlashdi. Eslatma, germaniyalik futbolchilar JCHda One Love sardorlik bog‘ichidan foydalanish taqiqlaganiga norozilik o‘laroq, Yaponiya termasiga qarshi o‘yin (1:2) oldidan og‘izlarini yopgan holda suratga tushishgandi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:16, 09.12.2022.
O'qildi: 1334 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик