Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona"ning yangi sardori kim bo‘lishi ma’lum qilindi

"Barselona"ning yangi sardori kim bo‘lishi ma’lum qilindi

Baho:
+ | -

Agar Serxi Buskets ketsa, Serxi Roberto "Barselona" sardoriga aylanadi.

Roberto "Barsa"ning joriy mavsumdagi Xerard Pike va Serxi Busketsdan keyin uchinchi sardori. Agar 34 yoshli yarim himoyachi yozda Kataloniya klubini tark etsa, Roberto "Barsa"ning yangi sardoriga aylanadi, deya xabar beradi Diario Ara bir nechta manbalarga tayanib.

Serxi allaqachon agentlarga "Barselona" bilan yana bir yoki ikki yilga yangi shartnoma imzolamoqchi ekanligini aytgan. Bu boradagi muzokaralar hali boshlanmagan.

Katta ehtimol bilan JCH-2022dan keyin Pike ketishi munosabati bilan Mark-Andre ter Shtegen "Barsa"ning to‘rtinchi sardoriga aylanadi.

30 yoshli futbolchi joriy mavsumda "Barsa" safida barcha turnirlarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:00, 09.12.2022.
O'qildi: 2586 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик