Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Tarixga nazar: mundialning eng yaxshi chorak final juftliklari

Tarixga nazar: mundialning eng yaxshi chorak final juftliklari

Baho:
+ | -

Mana, Jahon chempionatining chorak-final bosqichiga ham yetib keldik. Bu davr musobaqaning eng qizg‘in davri sanaladi. Quyida butun dunyo muxlislari tomonidan e’tirof etilgan tarixdagi eng yaxshi beshta chorak-final bahslarini eslab o‘tamiz.

1. Urugvay 1-1 Gana ( pen. Urugvay 4-2 Gana), 2010 yil.

Siz tarixda qo‘l bilan o‘ynash bo‘yicha faqat Maradonani "ustasi farang" deb o‘ylasangiz, yangishasiz. 2010 yilda undan ham qiziq holat yuz bergan. Urugvay va Gana o‘yinida 1-1 hisobi qayd etilayotgan edi. Forlan va Muntari gollarga mualliflik qilgan. Ammo o‘yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida, ganaliklarda super vaziyat bo‘ladi. Ammo ochiq darvozaga to‘p kirmaydi. Negaki, Suares degan futbolchi to‘pni ochiqchasiga qo‘li bilan to‘sib qolgadi. Urugvay darvozasiga penalti belgilanadi va Luis Suaresga qizil kartochka ko‘rsatiladi. Ammo penalti golga aylanmaydi. Natijada, Forlan boshchiligidagi futbolchilar 1-1ni o‘yin oxirigacha ushlab, penaltilar seriyasida 4-2 hisobida zafar quchadi. Qarabsizki, Suares qahramon!

2. Gollandiya 2-1 Argentina, 1998 yil.

Bundan 24 yil ilgari Niderlandiya va Argentina mundialning aynan chorak-finalida to‘qnashgan. Bugun ular yana bir bor kuch sinashadi. Asosiy vaqt 1-1 hisobida yakun topadi. Ariel Ortega Edvin van der Sarning boshiga zarba berib yuborgani sababli, maydondan chetilatiladi. 120 daqiqaga yaqin qolgan bir paytda, Frank de Burning qulay uzatmasi Dennis Bergkampga yetib boradi. U esa ajoyib tarzda to‘pni Karlos Roaning darvozasiga joylaydi!

3. Bolgariya 2-1 Germaniya, 1994 yil.

Bilasiz, Yaponiya Germaniyaga qarshi guruh bahsida kambek orqali g‘alaba qozongandi. Bu ishni yaqin tarixda Bolgariya ham eplagan. AQSHda kechgan turnirda bolgarlar matonat ko‘rsatgan. Lotar Matteus penaltidan gol uradi. Ammo undan keyin Xristo Stoichkov va Yordan Lechkovlar ikkita gol bilan "yashillar"ning g‘alabasini ta’minlaydi. Shundan beri, nemislar birinchi gol urgan o‘yinlarida mag‘lubiyatga uchramay kelayotgandi. Bu an’ana Yaponiya tomonidan buzilganini esa hammamiz ko‘rdik!

4. Gollandiya 2-3 Braziliya, 1994 yil.

Ochig‘i, AQSHdagi turnirning chorak-final bahslari fantastik darajada ajoyib kechadi. Ayniqca, o‘shanda, amaldagi chempion sanalgan braziliyaliklar va "uchar gollandlar" o‘rtasidagi bahs. Birinchi bo‘lim golsiz yakun topadi. Ikkinchi bo‘lim fantastik kechdi. Birinchi golni Bebetoning uzatmasi orqali Romario kiritadi. Ko‘p o‘tmay, ikkinchi golni Bebetoning o‘zi urdi. Ammo niderlandiyaliklar taslim bo‘lmadi. Bergkamp va Vinterlar hisobni tenglashtirishdi. Biroq, o‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganida Branko ismli futbolchi fantastik jarima zarbasi berib, Braziliyani yarim finalga olib o‘tadi.

5. Argentina 2-1 Angliya, 1986 yil.

Ha, hammaning o‘ziga yarasha xotirasi va yoqtirgan o‘yinlari bor. Bu mo‘jizaviy sport turi. Unda hammaga joy yetadi. Ammo 1986 yilgi mundial o‘ziga xos bo‘lgan. Unda inglizlarning alamli mag‘lubiyati qayd etiladi. Maradonaning 51 va 55 daqiqalarda kiritgan gollari Argentinani "Asteka Stadioni"dagi g‘alabasini ta’minlaydi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 18:51, 09.12.2022.
O'qildi: 2482 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.