Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar jahon chempionatining chorak final bosqichidan o‘rin olgan Xorvatiyaga qarshi o‘yinda hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.
"PSJ" forvardi uchun mazkur gol terma jamoa safidagi 77-gol bo‘ldi. Bu orqali u Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar — Pelega yetib oldi.