Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Ivan Rakitich: «Belgiya bilan o‘yinda hayotimning besh yilini yo‘qotdim!»

Ivan Rakitich: «Belgiya bilan o‘yinda hayotimning besh yilini yo‘qotdim!»

Baho:
+ | -

Xorvatiya terma jamoasining sobiq, «Sevilya»ning esa amaldagi yarim himoyachisi Ivan Rakitich FIFA bilan suhbatda Xorvatiya terma jamoasining JCH-2022dagi ishtiroki, Luka Modrich hamda sobiq jamoadoshlari Dani Alvesh va Neymar haqida gapirdi.

- Ivan, hech xayolingizdan termaga qaytib, Qatarda o‘ynash fikri o‘tdimi?

(kuladi) Menimcha, xal­qaro faoliyatingiz tugadi, de­yish juda-juda qiyin. Bu ko‘p o‘ylashni talab qiladigan katta qaror. Lekin, men buni to‘g‘ri vaqtda qildim, deb o‘ylayman. Albatta, hozir, jahon chempionati davom etayotgan bir paytda men uchun juda og‘ir. Yigitlarni qo‘llab-quvvatlayman, ularning qilayotgan ishlaridan juda mamnunman va faxrlanaman, lekin, albatta, bu shaxsan men uchun qiyin, yurakni ezadi. Ammo bir qarorga keldim va unga rioya qilishim kerak.

- O‘yinlarni o‘z uyingizdan tomosha qilayotganda qanday hissiyotlar kelmoqda?

- O‘yinlarni tomosha qilish ularda o‘ynashdan ko‘ra qiyinroq, ishonavering. Menimcha, Belgiyaga qarshi o‘yinda hayotimning besh yilini yo‘qotdim! (kuladi) Asablarim dosh berolmadi. Chunki, ko‘p yillardan beri shu jamoada bo‘ldim. Hozir ham har bir o‘yindan oldin va keyin futbolchilaru murabbiylar bilan aloqada bo‘lib turaman. Qalban hamon uning bir qismiman. Shunday ekan ularga omad tilayman va uzoq yo‘lni bosib o‘tishlaridan umidvorman.

- Luka Modrichning ushbu turnirdagi o‘yinlari haqida qanday fikrdasiz?

- Luka - bu Luka - u so‘nggi 10 yil davomida terma jamoa va «Real»da shunday o‘yin ko‘rsatdiki... U ajoyib, biz uchun eng muhim futbolchi va dunyoning esa eng yaxshi o‘yinchilaridan biri. Menimcha, Luka futbolni boshqa buyuk futbolchilarga qaraganda boshqacha tushunadi. Boshqalar uchun u bilan o‘ynash, uning ritmiga, harakatlariga rioya qilish juda foydali.

- Qatar-2022da xorvatlardan yana kim sizni hayratda qoldirdi?

- Menimcha, Yoshko Gvardiol desam hech kim shubha bildirmasa kerak. U haqda juda ko‘p yaxshi narsalarni eshitdim, lekin menimcha, u dastlabki uchta o‘yinda qilgan ishlari boshqa darajada edi, shunchaki ajoyib. Umid qilamanki, u keyingi 10-15 yil ichida biz uchun muhim futbolchi bo‘ladi. Ishonchim komil, u eng yuqori saviyadagi klub darajasida o‘ynashga loyiq.

- Germaniya va Ispaniyani mag‘lub etib, guruhida g‘olib chiqqan Yaponiya haqida qanday fikrdasiz?

- Yaponiya guruhda g‘olib chiqqani, Germaniya esa musobaqadan chiqib ketgani hammani juda hayron qoldirdi. Lekin ularning o‘yinlarini ko‘rsangiz, nega bunday bo‘lganini tushunasiz. Yaponlar ko‘plab individual va jamoa­viy fazilatlarga egadir. Ularga qarshi o‘ynash juda qiyin.

- «Barselona»da Dani Alvesh bilan birga o‘ynagansiz. Uning 39 yoshida jahon chempionatidagi o‘yinlari haqida qanday fikrdasiz?

- Dani Alvesh dunyoda yagona. U shunchaki ajoyib. 22, 39 yoki 45 yoshda bo‘ladimi, u doim mening jamoamda bo‘ladi. Dani hali ham maydonda juda yaxshi va menimcha, Tite uning jamoada bo‘lishi qanchalik muhimligini biladi.

- «Kamp Nou»da Neymar ham siz bilan birga edi. U hozir jarohatidan xalos bo‘ldi. Neymar Braziliya uchun qanchalik muhim?

- Agar siz futbol tomosha qilishni yaxshi ko‘rsangiz, Neymarni tomosha qilishni yaxshi ko‘rasiz. U odamlarni o‘yindan zavqlantiradi. Unga qarash yoqimli. U ajoyib o‘yinchi va Braziliya hamda «PSJ» uchun juda muhim. Umid qilamanki, ushbu jahon chempionatida barchamiz Neymarning sehridan bahramand bo‘lamiz.

- Qatar-2022da qaysi futbolchilar sizda katta taassurot qoldirdi?

- Ispaniyalik yosh yigitlar Pedri va Gavi yoqadi. Menga asosan ular o‘ynayotgan futbol juda yoqib tushdi. Gakpo ham ajoyib o‘ynamoqda. Ammo menimcha, ularni buyog‘iga kuzatish yanada qiziq bo‘ladi. Hozirgi kunlarda o‘yinlar juda qiyin. Jamoalar o‘zlarining katta futbolchilariga muhtoj. Keling, yaxshisi kim o‘rnidan tura olishini kuzataylik.

- Sizningcha, kim turnirda g‘olib chiqadi va Xorvatiya qanchalik uzoqqa borishi mumkin?

- Aytish qiyin. Menimcha, favoritlar odatdagidek: Braziliya, Argentina, Ispaniya, Angliya, Fransiya. Lekin men aytmoqchimanki, oldinda yana bir nechta kutilmagan burilishlar ham bor. Umid qilamanki, Xorvatiya o‘tgan jahon chempionatidagi kabi uzoqqa bora oladi, ammo buning uchun biz to‘rt yil avvalgidek qadamma-qadam olg‘a borishimiz kerak.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:00, 10.12.2022.
O'qildi: 4276 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.