Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Eduardo Kamavinga: «Modrich - tirik ensiklopediya»

Eduardo Kamavinga: «Modrich - tirik ensiklopediya»

Baho:
+ | -

10 noyabr kuni 20 yoshga to‘lgan Eduardo Kamavinga faoliyatida ilk marta jahon chempionatida ishtirok etmoqda.

Aslida Didye Desham «Real» vakili nomzodiga shubha bilan qarayotgandi, lekin yakunda uni «uchranglilar» ro‘yxatiga kiritdi, baribir. Aytish kerak, Eduardo o‘tgan mavsum oxiridagina katta sahnaga chiqdi. Don Karlo Anchelottiga qoyil: u yigitchani «PSJ», «Chelsi» va «Manchester Siti»ga qarshi murakkab o‘yinlarda maydonga tashlashdan cho‘chimadi. Ma-na, iqtidorli yarim himoyachi endi Qatar mundialiga borganidan xursand. Kamavinga uchun Fransiya milliy jamoasi tarkibiga kirganining o‘zi - katta mukofot.

Benzemaning ahamiyati

- Uning butun faoliyati - namuna. Benzema barchasini «Lion»da boshlagandi, bugun esa «Real»dek klub sardori, «Oltin to‘p» va ko‘plab sov­rinlar sohibi. CHLda 5 marta zafar quchganining o‘zi fantastika! Yashirmayman, Karim ham klub, ham milliy jamoa­dagi hayotimda muhim rolga ega. Zero, har ikki muhitda o‘zimni qulay sezishimda beminnat yordam berdi.

Modrich maslahati

- Esimda, Luka tug‘ilgan kunim meni fransuz tilida tabriklashga urindi. To‘g‘ri, uncha o‘xshamadi, lekin rosa ta’sirlandim, baribir. Umuman, Modrich hamisha meni o‘z himoyasiga olishga tayyor, har holda, yoshimiz o‘rtasida 17 yillik farq bor. Bunday buyuk futbolchi himoyasi ostida o‘ynash - baxt. Modrich - futbolning tirik ensiklopediyasi. Doim oddiyroq o‘ynash va imkon tug‘ilishi bilan oldinga intilishdan cho‘chimasligim kerakligini aytadi. 

Didye Desham falsafasi

- Bosh murabbiyimiz nomi tilga olinsa, avvalo, uning jahon chempioni ekanligi xayolimga keladi. Desham faqat katta klublarda o‘ynagan, mana, murabbiy sifatida ham shonli yo‘lini takrorlamoqda. O‘zi ham futbolchi, ham murabbiy rolida JCH g‘olibi bo‘lish - katta jasorat. Deshamning o‘git va ko‘rsatmalari har doim og‘ir tosh bosadi. Chunki vaqtida mening pozisiyamda o‘ynagan, barchasini mukammal biladi. Tushunarliki, hali kichik kamchiliklarim bor. Misol uchun, gohida o‘yinni orqaga tortaman beixtiyor. Eng nufuzli sovrinlar sohibi qo‘l ostida shug‘ullanish - qo‘shimcha imtiyoz. Qisqasi, Desham bilan hamkorlik meni Madridda Karlo Anchelotti rahbarligida ishlash kabi ilhomlantiradi.

Zidan «ruletka»si

- «Ruletka» - bu fint bolaligimdayoq miyamga o‘rnashgan. Esimda, maktab hovlisida soatlab shu fint ustida ishlardim. Vaholanki, Zidan jahon chempioni bo‘lgan vaqt hali tug‘ilmagandim. Faqat otam saqlab qolgan JCH-98 videotasmalarini ko‘rgach, «ruletka» aqlimni o‘g‘irlagandi. 

Oilasi va yaqinlari

- Oila - mening g‘ururim. Hayotimni yaqinlarimsiz tasavvur ham qilolmayman. Aynan ularning muhabbatlari va mehribonliklari ortidan oyoqqa mustahkam turib olganimni aslo unutmayman. Ota-onam hammaga hurmat bilan qarashni o‘rgatishdi va hamisha hayotdan boricha zavq­lanishga undashdi. Agar nimadadir qiynalsam, aynan ularga talpinaman. Otam fuqarolik huquqini olishimiz yo‘lida uzoq vaqt kurashganiyu, hatto bir safar yig‘lab yuborganini sira unutmayman. Futbol ortidan shu masalani tezlashtirganim va ularning katta yukdan forig‘ bo‘lishlariga hissa qo‘shganim - ajoyib.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:03, 11.12.2022.
O'qildi: 2902 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.