Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Futbol mutaxassisi: «Ronaldu azaliy bahsda Messiga mag‘lub bo‘ldi!»

Futbol mutaxassisi: «Ronaldu azaliy bahsda Messiga mag‘lub bo‘ldi!»

Baho:
+-1 | -

Rossiyalik futbol mutaxassisi Dmitriy Alenichev zamonaviy futbol yulduzlari — Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi raqobatning bugungi natijasi haqida fikr bildirdi.

«Santush jahonning eng yaxshi futbolchilaridan birini katta sahnadan olib qo‘ydi. Boz ustiga, Ronalduning o‘zi ham so‘nggi paytlarda ko‘p ishlashdan ko‘ra ko‘proq gapirayotgandi. Biz buni dastlab «MYU»da, keyin esa Portugaliya terma jamoasida ko‘rdik. Matbuotda tarqatilgan xabarga ko‘ra, Krishtianu Shveysariyaga qarshi o‘yinda asosiy tarkibga kirmasligini bilgach, terma jamoa bazasini tark etishiga bir baxya qolgan.

Bularning barchasi futbolchining sport formasiga albatta ta’sir qiladi. Bir bo‘lim davomida raqib darvozasi tomon atigi bir marta zarba berish... Bu esa Krishtianu optimal formadan uzoqda ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Bundan tashqari, hakamning hushtagidan so‘ng u "kema"ni birinchi bo‘lib tark etdi. Uning jamoadoshlari esa, ko‘zda yosh bilan bo‘lsa-da, muxlislarga minnatdorchilik bildirishdi. Ronaldu kiyinish xonasida yig‘lab o‘tirdi...

Axir sen jamoa bilan birga maydonda qolishing kerak! O‘z muxlislaringga minnatdorchilik bildir, barcha bilan birgalikda maydonni tark et. Mana shunda sen haqiqiy sardor bo‘lasan! Bu masalada Messi Ronalduning aksi. Jamoa muvaffaqiyatsizlikka uchragan paytda Leo birinchi bo‘lib kiyinish xonasiga kirib ketmagan bo‘lardi.

Ronaldu terma jamoa safida so‘nggi o‘yinini o‘tkazdimi? Bunga shubham bor. U hali o‘ynasa kerak. Terma jamoaga yangi murabbiy kelsa, u bilan gaplashib oladi. Har holda Krishtianu – muhim figura. Agar u keyinchalik terma jamoa libosida maydonga tushadigan bo‘lsa, Portugaliyaga foydali bo‘ladi.

Ammo Ronaldu Messidan o‘rnak olishi kerak. Argentinalik futbolchining xulqi — namuna. Shunday bo‘lishga intilish kerak. Azaliy bahsda Leo g‘alaba qozondi. Mutlaq g‘alaba!

Darvoqe, mazkur jahon chempionati Messi uchun oxirgisi bo‘lishiga ishonchim komil emas. To‘rt yildan keyin u 39 yoshda bo‘ladi. Boz ustiga, Leo bir o‘yinda 12 km yugurishi kerak emas, unga 5-6 km yetadi. Qaysidir pallada birdan "portlab", o‘yin taqdirini hal qilsa bo‘lgani.

U Qatarda qanchalik samarali harakat qilayotganini ko‘ryapmiz. Har bir o‘yinda yo gol uryapti, yoki golli uzatmani amalga oshiryapti. Mahorat hech qayoqqa yo‘qolmaydi. Boz ustiga, Leo – professional, rejimga qat’iy amal qiladi. Shunday ekan, JCH-2022dan keyin men u bilan xayrlashmagan bo‘lardim», – dedi Alenichev.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 23:24, 11.12.2022.
O'qildi: 7056 marta.
Fikrlar: 60 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик