Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Kimga aza, kimga to‘y: Qatardan keyin kimlar ishdan bo‘shatildi?

Kimga aza, kimga to‘y: Qatardan keyin kimlar ishdan bo‘shatildi?

Baho:
+ | -

Braziliya, Niderlandiya va Belgiya Qatardagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin o‘ziga yangi murabbiy qidirishga tushgan. Ispaniya esa allaqachon yangisini topdi. Quyida chiqish eshiklari ko‘rsatilgan mutaxassislar nomi keltirib o‘tiladi.

Tite – Braziliya

61 yoshli mutaxassis jamoasi Xorvatiyaga qarshi chorak-final bahsida mag‘lub bo‘ldi. Shu sabab u ketishini ma’lum qilgandi. U 2016 yilda Dunga o‘rniga olib kelingan. Bu haqida Titening o‘zi shunday deydi: "Oldin ham aytganimday, mening davrim nihoyasiga yetdi. Men bu gapni so‘nggi bir yarim yil ichida takrorlab kelayapman. Bundan fojia yasamasligingizni so‘rardim. Chunki meni o‘rnimni egallashi mumkin bo‘lgan ko‘plab professional murabbiylar bor. Ha, faoliyatimning tahlil qilinishi mumkin bo‘lgan jihatlari bor. Ammo hammasi tugadi".

Lui van Gal – Niderlandiya

Van Gal allaqachon nafaqaga ketmoqchi edi. Qachonki, Ronald Kuman "Barselona"ga yo‘l olganida, uni yana uchinchi muddatga terma jamoaga chaqirishga majbur bo‘lishdi. Uning sog‘lig‘ida muammolar bor edi. Shunday bo‘lsada, u Qatarga keldi. Ishdan bo‘shtilgach, van Gal shunday deydi: "Avvalo, men ortiq davom eta olmasdim. Men ma’lum vaqtga ishlash uchun rozi bo‘ldim va shu vaqt poyoniga yetdi. Mana shu davr mobaynida 20 dan ortiq bahslarda murabbiylik qildim va birortasida mag‘lub bo‘lmagandik. Buni o‘zingiz ham Google qidiruv tizimidan ko‘rib olishingiz mumkin".

Paulu Bentu – Janubiy Koreya

Koreyslar nimchorak finalga dramatik tarzda yetib keldi. Katta kurashlar bilan osiyoliklar guruhdan, balki o‘lim guruhidan chiqdi. Ammo so‘nggi 16 talikda o‘ta qudratli, Braziliyaga duch kelib, 4-1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tufayli portugaliyalik Bentu 3 yillik faoliyatidan keyin ishdan olindi. U bu haqida shunday deydi: "Men ketish qaroriga sentyabr oyidayoq kelganman. Bu qaror qat’iy va o‘zgarmas. Men bilan bo‘lgan hammaga minnatdorchilik bildiraman".

Luis Enrike – Ispaniya

Ispaniya Marokashga imkoniyatni boy bergach, tezlik bilan murabbiyni almashtirdi. Enrike o‘rnini Luis de la Fuente egalladi. Bu haqida Ispaniya futbol federasiyasi shunday deydi: "Ispaniya terma jamoasida yangi loyiha boshlanishi e’lon qilinadi. IFF Luis Enrikega ko‘rsatgan xizmatlari uchun minnatdorchilik bildiradi". Endilikda Luis Enrike klublar futboliga qaytishi kutilmoqda.

Xerardo Martino – Meksika

Sobiq "Barsa" va Argentina terma jamoasi ustozi Qatarga buni ko‘zlab kelmagani aniq edi. Uning jamoasi guruh bahsida Argentinaga mag‘lub bo‘ldi. Polsha bilan durang o‘ynadi. Saudiya Arabistoni ustidan g‘alaba qozondi. Ammo bu guruhdan chiqish uchun yetarli bo‘lmadi. Martinoning o‘zi bu haqida shunday deydi: "Mening bu yerdagi shartnomam 3-o‘yinda, hakam final xushtagini chalganida yakun topdi. Buni tushunaman. Ha, bu katta yo‘qotish. Ammo jamoaning natijalariga men javobgar edim". Meksika futbol federasiyasi kelasi ikki oy ichida yangi murabbiy tayinlashini bildirdi. Nomzodlar orasida Marselo Byelsa ham bor.

Roberto Martines – Belgiya

Belgiyaning oltin avlodi shu yerda o‘z imtihosini topdi. Chunki jamoa, hattoki guruhdan chiqishni eplay olmagandi. Shundan keyin Martines ishdan ketdi. Bu haqida u shunday deydi: "Ha, bu so‘nggi o‘yinim edi. Olti yil birpasda o‘tib ketibdi. 2018 yilda bronzaga ega chiqqandik. Bu safar esa omadsizlikka ro‘baro keldik. Natijani o‘z bo‘ynimga olaman. Hammaga rahmat". Ayni damda Martinesning yordamchisi bo‘lgan Tyerri Anri bosh murabbiylikka da’vogarlik qilmoqda.

Otto Addo – Gana

Otto o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani ado eta olmadi. Chunki uning jamoasi 1 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat bilan guruhda qolib ketgandi. Addo bu haqida: "Har doim aytganman. Men o‘zimni oqlay olmayman. Agardaki, jahon chempioni bo‘lganimizda ham yangi bitim haqida o‘ylab ko‘rardim. Lekin endi yana Germaniyaga qaytsam kerak", – dedi.
Gana futbol tashkiloti yangi murabbiy sifatida "Brayton"ning sobiq ustozi Kris Xyutonni ko‘rmoqda.

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 10:58, 12.12.2022.
O'qildi: 2758 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.