Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich JCH-2022 1/2 finalida Argentina bilan o‘yindan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Biz Lionel Messiga qarshi personal himoyadan foydalanishni rejalashtirmayapmiz. U maydonda ko‘p harakat qilishni yaxshi ko‘radi, shuning uchun biz zonani himoya qilish usulidan foydalanamiz. Biz himoyada uyushtirilgan va intizomli o‘ynashimiz kerak", - deya Dalichning so‘zlarini keltiradi SportPress.
Jamoalar 13 dekabr kuni to‘qnash kelishadi. Boshlanishi 23.59 (Toshkent vaqti bilan).