Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

Navasning "Bavariya"ga transferiga bir qancha sabablar to‘sqinlik qiladi

Navasning "Bavariya"ga transferiga bir qancha sabablar to‘sqinlik qiladi

Baho:
+ | -

Keylor Navasning "PSJ"dan "Bavariya"ga o‘tishi bu qishda dargumon.

Eslatib o‘tamiz, Myunxen klubi yangi darvozabon izlamoqda, chunki ta’tilda chang‘ida uchayotgan Manuel Noyer oyog‘ini sindirib oldi. 36 yoshli darvozabon mavsum oxirigacha maydonga tushmaydi.

Xabar qilinishicha, Navas "Bavariya" qiziqayotgan futbolchilar qatorida.

Kicker xabariga ko‘ra, Keylorning nemis klubiga o‘tishiga bir qancha sabablar to‘sqinlik qilmoqda.

Birinchidan, "PSJ" Chempionlar ligasining 1/8 finali o‘yinlari oldidan raqibini kuchaytirmoqchi emas. Ikkinchidan, Navas ham transferga rozi bo‘lmasa kerak, chunki bu kelishuv myunxenliklar uchun faqat qisqa muddatli yechim bo‘ladi. Uchinchidan, "Bavariya"da Keylorning Germaniya chempionatiga tezda moslashishiga shubha bor.

Navas "PSJ"ning o‘rinbosar darvozaboni va bu mavsumda hali klubda o‘ynamagan. 2022 yilgi jahon chempionatida u Kosta-Rika terma jamoasi safida 3 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Kiritildi: 14:14, 12.12.2022.
O'qildi: 1392 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик