Ispaniya terma jamoasi Luis de le Fuente bilan 2024 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Bu haqida Ispaniya qirollik futbol federasiyasi (RFEF) Luis Rubiales ma’lum qildi.
Ispaniya terma jamoasi JCH-2022 nimchorak finalda Marokashga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, RFEF Luis Enrike bilan shartnoma uzaytirishni xohlamadi.
De la Fuente 2015 yilda Ispaniya U-19 bilan birga Yevropa chempionatida g‘olib bo‘lgan. 2019 yilda esa Ispaniya U-21 bilan ushbu vazifani uddalagan. Shuningdek, Tokioda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada kumush medal sohibiga aylangan.