Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Qahramon Aslanov maqolasi: Ronaldu yomon qariyaptimi?

Qahramon Aslanov maqolasi: Ronaldu yomon qariyaptimi?

Baho:
+ | -

Ronalduning Pirs Morganga intervyusi, keyin Portugaliya terma jamoasi atrofidagi mish-mishlar, ba’zan shunday xulosalar yangrashiga sabab bo‘lmoqda - Ronaldu yomon qariyapti.

Men bu fikrga qo‘shilmayman. Ronaldu tabiati, xarakteri o‘zgargani yo‘q, u o‘sha Ronaldu, shunchaki, unga bo‘lgan bizning, murabbiylarning, jurnalistlarning, umuman atrofdagilarning munosabati o‘zgarmoqda. Sabab - futbolchining sport formasi.

Masalan, Ronaldu nega shunday qildi? Zaxiraga olingani uchun. Xo‘sh, avvalgi yosh Ronaldu zaxiraga olinsa, xuddi hozirgidek reaksiya berarmidi? Albatta. Aytmoqchimanki, Ronaldu qarigani uchun injiqlik qilmayapti, aslida, mana shu doimiy injiq xarakteri namoyon bo‘lish uchun sabablar hozir ko‘proq, shu xolos.

Agar Ronaldu avvalgidek har o‘yinda gol urib turganda, birinchidan — hech qachon zaxiraga olinmasdi, ikkinchidan — agar olinsa-yu, murabbiy bilan konflikt bo‘lsa, murabbiy yon bosishga majbur bo‘lardi. Zero, klub futbolchi tomon bo‘lishi haqiqatga yaqinroq, kerak bo‘lsa, murabbiy iste’foga chiqardi. Buni bilgan murabbiylar doim Ronaldu bilan o‘ylab muomala qilishardi. Hozirgi murabbiylarda esa, kozir bor, Ronaldu gol ura olmayapti, Ten Xag ham, Santush ham bemalol u bilan ikki xil fikrlashi mumkin.

Ikki yil o‘tib, Messi ham zaxirada qolishi, u ham janjalli intervyular berishi turgan gap, bu ham uning qariganidan emas, zero ikki yil oldin ham u «Barselona»ni boshdan oyoq tanqid qilgan, yakun esa, Ronaldunikidan farqli,  Messi emas, klub rahbarining ketishi bilan tugagandi. Ikki yildan keyin esa, vaziyat sal boshqacha tugashi, klub murabbiy tomonda bo‘lishi mumkin. Haqiqat shu - futbolchining koziri uning maydondagi gollari, harakatlari bo‘ladi. Toki maydonda hammasi joyida bo‘lsa, seni tinglashadi, ko‘proq hisoblashishadi, hammasi tushunarli. Ikki soatlik intervyu shart emas - har qanday ziddiyat-u mish-mishlarni birgina gol urib, «jiming, men shu yerdaman» deb tinchitish mumkin.

So‘nggi yillarda Ronaldu bilan bog‘liq voqealar ko‘paydi - goh muxlisning telefonini sindiradi, goh klubga qarshi intervyu beradi, goh o‘yin tugamasdan maydonni tark etadi...

Yomon qaridimi? Yo‘q, aslida bunday voqealar ilgari ham bo‘lgan. Marselo Messini maqtagani uchun bir hafta arazlab yurganini eslang.

Ilgari ham bunday voqealar ko‘p bo‘lgan. Lekin gollari undanam ko‘proq edi...

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 22:21, 12.12.2022.
O'qildi: 2996 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик