Ispaniya terma jamoasining sobiq murabbiyi Luis Enrike Qatardagi turnirda uni kim xursand qilganini aytdi.
"Pedri — bu jahon chempionatida meni eng ko‘p hayratga solgan futbolchi. U Garri Potter kabi sehrga to‘la va doimo to‘g‘ri ish qildi. U Inyestaga juda o‘xshaydi", dedi sobiq murabbiy "Barselona" yarim himoyachisi haqida.