Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Superkompyuter Messini finalga chiqishiga ishonyapti

Superkompyuter Messini finalga chiqishiga ishonyapti

Baho:
+ | -

13 dekabr kuni Qatarda jahon chempionatining ilk yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi Xorvatiya termasi bilan o‘ynaydi.Five Thirty Eigh superkompyuteri o‘yin g‘olibini bashorat qildi. Kompyuter jamoalarning hujum va mudofaadagi kuchini aks ettiruvchi  Soccer Power Index deb ataladigan ko‘rsatkichga asoslanadi va uchrashuvda qaysidir jamoaga ustunlik beradi.

Chorak finalda Argentina terma jamoasi dramatik o‘yinda Niderlandiyani mag‘lub etdi. Nahuel Molina va Lionel Messining gollaridan so‘ng janubiy amerikaliklar 2:0 hisobida oldinda bo‘lishdi, ammo zaxiradan maydonga tushgan Vout Vegxorst dubl qayd etib hisobni tenglashtirdi. Penaltilar seriyasida argentinaliklar aniqroq chiqishdi - 4:3.

Braziliyaliklarni sensasion tarzda mag‘lub etgan xorvatlar ishtirokidagi uchrashuv ham dramatik bo‘ldi. Neymar hisobni ochdi – bu qo‘shimcha bo‘limning birinchi bo‘limi oxirida sodir bo‘ldi, biroq 117-daqiqada Bruno Petkovich gol urdi. 11 metrlik zarbalar seriyasida Dominik Livakovich jamoasini ikki marta qutqarib qoldi - Xorvatiya 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Superkompyuterga ko‘ra, Argentinaning finalga chiqish imkoniyati ko‘proq – 36 foizga nisbatan 64 foiz.

Tarix

Argentina va Xorvatiya terma jamoalari jahon chempionatida ikki marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. 1998 yilda argentinaliklar guruhda kuchliroq bo‘lgan (1:0), 2018 yilda xorvatlar g‘alaba qozongan (3:0). Argentina terma jamoasi jahon chempionatining 1/2 finalida to‘rt marta o‘ynagan va barcha holatlarda g‘alaba qozongan. 1930 yilda AQSH (6:1), 1986 yilda Belgiya (2:0), 1990 yilda Italiya (1:1, 4:3 pen.), 2014 yilda Niderlandiya (0:0,) 4:2 pen.). Xorvatiyaga kelsak, bu uning uchun uchinchi jahon chempionati yarim finali bo‘ladi. 1998 yilda jamoa Fransiyaga mag‘lub bo‘lgan (1:2), 2018 yilda esa Angliyani mag‘lub etgan (2:1).

Oldingi bashoratlar amalga oshdimi?

Eslatib o‘tamiz, superkompyuter chorak final juftliklarining faqat bitta g‘olibini, ya’ni Niderlandiyani mag‘lub etgan Argentinaning g‘alabsini to‘g‘ri aniqladi. Mashina Xorvatiya-Braziliya, Angliya-Fransiya va Marokash-Portugaliya o‘yinlariga bashorat qilishda xatoga yo‘l qo‘ygan. Biroq, bungacha tizim jahon chempionati 1/8 finalining sakkizta o‘yinidan yettitasi natijalarini to‘g‘ri bashorat qilgan: Niderlandiya – AQSH, Argentina – Avstraliya, Yaponiya – Xorvatiya, Braziliya – Janubiy Koreya, Angliya – Senegal , Fransiya - Polsha va Portugaliya - Shveysariya. Superkompyuter faqat Marokash - Ispaniya uchrashuvida xatoga yo‘l qo‘ydi.

Argentina – Xorvatiya uchrashuv bugun 13 dekabr Toshkent vaqti bilan 00:00da start olishi belgilangan.

Kiritildi: 12:15, 13.12.2022.
O'qildi: 4863 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.