"Barselona" himoyachisi Ektor Belyerinning agenti shu haftada Kataloniya klubi rahbariyati bilan uchrashadi, deb yozmoqda Mundo Deportivo.
Manbaga ko‘ra, futbolchining o‘zida jamoadan ketish niyati yo‘q. U kamida mavsum yakuniga qadar klubda qolmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Belyerin o‘tgan yozda erkin agent maqomida "Arsenal"dan "Barselona"ga o‘tgandi. Uning shartnomasi 2023 yilda yakunlanadi.