Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Amaldagi chempionlar sensasiyaga sabab bo‘lgan Marokashga qarshi kurashadi

Amaldagi chempionlar sensasiyaga sabab bo‘lgan Marokashga qarshi kurashadi

Baho:
+ | -

Marokash va Fransiya o‘rtasidagi g‘olib bo‘lgan jamoa Argentina bilan finalda to‘qnash keladigan bo‘ldi. Negaki, Messi boshchiligidagi jamoa kecha Xorvatiyani 3-0 hisobida dog‘da qoldirgan edi. Didye Desham shogirdlari esa yarim-finalga Angliyani mag‘lub etib chiqishgan. Fransuzlarga qarshi turishi kerak bo‘lgan Marokashning yo‘li esa ancha og‘ir edi. Ular bir qator turnirning gigant jamoalarini mag‘lub qildi. "Atlas sherlari" mundialning hozirgi qismiga qadar faqat bitta gol o‘tkazib yuborgan. U ham bo‘lsa, avtogol edi. E’tiborlisi, bu jamoa ikkita penaltilar seriyasida birorta gol o‘tkazmaganidir.

Xakim Ziyesh va uning sheriklari jahon chempionlariga qarshi kurashishi kerak bo‘ladi. Bir paytlar, yigirmanchi asr boshida Fransiya imperiyasi Marokashni bosib olgan. Bugun qasos onlari keldi va oldinda juda muhim uchrashuv va raqib kutmoqda. Valid Regrari shogirdlarining turnirdagi qahramonliklari tarixda qoladigan bo‘ldi.
Quyida bu ikki jamoaning yarim-finalgacha qanday yo‘lni bosib o‘tgani muhokama qilinadi.

Ular qanday yetib kelishdi?

Fransiya birinchi turda Avstraliyani 4-1 hisobida mag‘lub qildi. Ikkinchi o‘yin esa Daniyaga qarshi 2-1 bilan fransuzlar foydasiga yakun topdi. Ammo so‘nggi tur kutilmaganda Tunisga kichik, 1-0 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlandi. Nimchorak finaldagi Polsha bilan o‘yin 3-1 bilan Fransiya foydasiga hal bo‘ldi. Navbatdagi bosqich esa Angliya bilan bo‘lib o‘tdi va bu to‘siq ham uch ranglilarga g‘ov bola olmadi.

Marokash turnirni Xorvatiyaga qarshi nursiz durang bilan boshladi. Ammo keyingi Belgiya va Kanadaga qarshi bahslar g‘alaba bilan yakun topdi (2-0, 2-1). Nimchorak final ispanlar bilan kechdi va unda hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasi esa 3-0 hisobidagi g‘alaba bilan marokashliklar foydasiga hal bo‘ldi. Portugaliya to‘sig‘i chorak-finalda bitta gol bilan hal qilindi. Shunday qilib, Marokash Afrikadan bo‘lgan ilk yarim finalchiga aylandi.

Jamoalar oldin to‘qnashganmi?

Fransiya Marokashga qarshi umumiy hisobda 7-3 bilan ustunlik qilmoqda. Jamoalar bir bor durang o‘ynagan. Marokash esa bir marta, 1963 yilda o‘zining sobiq mustamlakachisi ustidan g‘alabaga erishgandi. Yuqorida aytilgan durang 2007 yilning noyabrida yuz bergan va unda 2-2 hisobi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, yarim finalning ikkinchi o‘yini "Al-Bayt" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs starti mahalliy vaqt bilan 22:00da, O‘zbekiston vaqti bilan esa 00:00da yuz beradi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:20, 14.12.2022.
O'qildi: 1374 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.