Belgiyaning "Antverpen" klubi yarim himoyachisi Raja Nainggolan yanvar oyidagi transfer oynasida klubini o‘zgartirishini istisno qilmadi. Futbolchining amaldagi shartnomasi tugashiga olti oy qolgan.
"Roma"ga qaytish uchun men juda keksayib qoldim, lekin yangi tajribalarni sinab ko‘rishga tayyorman", - dedi yarim himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, Nainggolan avvalroq A Seriyada "Kalyari", "Roma" va "Inter" kabi jamoalarda o‘ynagan. 2016 yilning yozida Raja Angliya Premyer-ligasiga o‘tishi mumkin edi, APLda uning xizmatlariga Antonio Konte boshchiligidagi Londonning "Chelsi" klubi qiziqish bildirgandi. Biroq futbolchi bu taklifni rad etib, A Seriyada qolishga qaror qilgandi.