Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Erik ten Xag APLning hozirgi yetakchisini chempionlik uchun da’vogar sifatida ko‘rmaydi

Erik ten Xag APLning hozirgi yetakchisini chempionlik uchun da’vogar sifatida ko‘rmaydi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" ustozi Erik ten Xag kelajakdagi titul da’vogarlari haqida gapirdi. Uning yetti-sakkiz kishilik ro‘yxatidan "Arsenal" tushib qoldi.

"Qizil iblislar" o‘tgan mavsumni oltinchi o‘rinda yakunlaganidan keyin, ten Xag boshqaruviga berildi va bir muncha o‘sishga erishdi. "MYU" ayndi damda to‘rtinchi o‘rindagi "Tottenxem"dan uch ochko kam to‘plagan holda beshinchi pog‘onani band etib turibdi. Ammo mankunianliklar hisobida bitta zaxira o‘yini mavjud. Ha, bu mavsumda "MYU"ning chempionlikka tomon yo‘li bekilgan. Ular liga yetakchilari bo‘lmish "Arsenal"dan 11 ochko ortda qolmoqda. Shunga qaramay, ten Xag yaqin kelajakda "Arsenal"ni chempionlik uchun kurashadigan yetti-sakkizta klublar qatoriga qo‘shmadi. Ayni paytda esa, hozirda 16 o‘rinni band etib turgan "Vest Xem" niderlandiyalik mutaxassisning ro‘yxatida mavjud. Quyida uning bu haqidagi fikrlari bayon etiladi.

"Hozirgi va bundan 10 yil oldingi APLni solishtirib bo‘lmaydi. Bugun liga anchayin murakkabroq. Hatto, "Nyukasl" ham kuchga kirdi. Yaqin kelajakda "Vest Xem"ni ham bu ro‘yxatda ko‘rsak kerak. Mana "Tottenxem"ning darajasiga e’tibor beraylik: ular, shubhasiz, chempion bo‘lishga qodir. "Manchester Siti", "Liverpul" va "Chelsi" haqida gapirmay qo‘yaqolay. Bunda hamma narsa ham pulga bog‘liq emas. Sizga uzoq o‘ylangan strategik rejalar ham zarur bo‘ladi. Agarda siz to‘g‘ri futbolchi tanlashni bilmasangiz, hech qachon muvaffaqiyatga erisha olmaysiz", – deydi Erik ten Xag.

Shuningdek, u klub egalarining o‘zgarishi ehtimoliy sarmoya miqdorini oshirishini bildirdi. U bu haqida shunday deydi: "Tez orada bizda kerak futbolchilar uchun yetarlicha sarmoya bo‘ladi. Bu yaxshi, albatta. Rahbariyat bilan klub maqsadlari, vazifalarimiz va qadriyatlar borasida gaplashib oldik. Yangi loyiha uchun ancha pul kerak va bu mablag‘ bizda mavjud bo‘ladi".
Ten Xag jamoa hujumchisi Jeydon Sancho holati haqida ham gapirdi: "Mavsum avvalida u yaxshi harakat qilayotgandi. Ammo hamma kabi unda ham pasayish yuz berdi. Ba’zida sizga ta’sir qilayotgan narsalar haqida yetarlicha bila olmay qolasiz. Jeydonda yaxshi qobiliyat bor. Uning darajasiga e’tiroz yo‘q. Futbolchilarga jismoniy holatdan ham ko‘ra, aqliy muvozanat muhimroqdir. Sancho borasida muammolarni o‘rganayapmiz. Tez orada uni yana maydonga qaytaramiz".

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 20:00, 15.12.2022.
O'qildi: 1755 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.