Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Og‘ir atletika. Ruslan Nurudinov — ikki karra jahon chempioni!

Og‘ir atletika. Ruslan Nurudinov — ikki karra jahon chempioni!

Baho:
+ | -

Kolumbiyaning Bogota shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. Toshkent vaqti bilan bugun tongda vazni 109 kg.gacha bo‘lgan erkaklar musobaqada ishtirok etishdi.

Unda yurtimiz sharafini himoya qilgan Ruslan Nurudinov barcha yo‘nalishlardla g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz dast ko‘tarish mashqida birinchi urinishda 177 kg. shtangani ko‘tardi. Ammo uning ikkinchi va uchinchi urinishlari muvaffaqiyatsiz chiqdi. Shunga qaramay, Ruslan eng yaqin ta’qibchisini 3 kg.ga ortda qoldirdi.

Nurudinov siltab ko‘tarish yo‘nalishida har uchala urinishni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Uning eng yaxshi natijasi 220 kg. bo‘ldi. Natijada u ikkinchi o‘rindagi Giorgi Chxeidze (Gruziya)ni bir kiloga ortda qoldirib, bu yo‘nalishda ham oltin medalga ega chiqdi.

Oqibatda, ikki kurashda vatandoshimiz 397 kg. natija bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Chxeidze 389 kg. bilan ikkinchi, kolumbiyalik Serro Kastilyo 388 kg. bilan uchinchi bo‘ldi.

Shu tariqa, Ruslan Nurudinov ikki jahon chempioniga aylandi. U 2013 yilga JCHda ilk chempionligini nishonlagandi. O‘shanda uning natijasi 425 kg bo‘lgandi (190+235). Shuningdek, hamyurtimiz hisobida Rio-2016 oltin medali ham bor.

Og‘ir aletika bo‘yicha JCH.
Erkaklar, 109 kg.
1. Ruslan Nurudinov (O‘zbekiston) — 177+220 = 397 kg.
2. Giorgi Chxeidze (Gruziya) — 170+219 = 389 kg.
3. Serro Kastilyo (Kolumbiya) — 174+214 = 388 kg.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:59, 16.12.2022.
O'qildi: 5546 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.