"Monako" va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Yusuf Fofana "Yuventus"ning nishoniga aylandi, deb xabar beradi Calciomercato.
Manbaga ko‘ra, Pol Pogba, Adriyen Rabyo va Leandro Paredes tez orada Turin klubini tark etishadi. "Yuventus" yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun Fofana bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Fofana "Monako"da 2020 yilning yanvaridan beri to‘p suradi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali yarim himoyachining narxini 25 million yevroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Fofana monegasklar safida barcha musobaqalarda 22 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urishga erishdi.













