Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl 1-1 Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli 0-0 Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

JCH finalidan so‘ng Messi va Mbappe libosining sotuvi 200 foizga oshdi

JCH finalidan so‘ng Messi va Mbappe libosining sotuvi 200 foizga oshdi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening futbolkalari sotuvi 2022 yilgi jahon chempionati finalidan keyin o‘sdi.

"PSJ"ning tijorat bo‘limi hisobotida aytilishicha, jahon chempionati finalidan keyin bu raqamlar 200 foizga oshgan. L'Equipe ma’lumotlariga ko‘ra, savdolarning 40 foizi AQSH buyurtmalariga to‘g‘ri keladi.

Argentina JCH-2022 finalida Fransiyani penaltilar seriyasida 3:3, 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvda Messi ikkita gol urdi, Mbappe esa xet-trik qayd etdi. Final bahsida Anxel Di Mariya ham gol urdi.

Messi turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, Mbappe esa eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Argentina terma jamoasi o‘z tarixida uchinchi marta jahon chempioni bo‘ldi. Avvalroq argentinaliklar 1978 va 1986 yillarda chempionlikni qo‘lga kiritishgan.

Kiritildi: 09:15, 21.12.2022.
O'qildi: 3691 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.