Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Qatar-2022ni eslab qolish uchun sabablar yetarli

Qatar-2022ni eslab qolish uchun sabablar yetarli

Baho:
+ | -

Yakshanba kuni Qatarda jahon chempionati yakunlandi. Ko‘p jihatdan u tarixdagi eng yaxshilaridan biriga aylandi. Quyida bu turnirning unutilmas xususiyatlari haqida gapiramiz.

Ikki super qahramon jangi

2022 yilgi jahon chempionati yulduzlar jangi sifatida yodda qoldi. Futbol - bu jamoaviy o‘yin, ammo baribir barchamiz sehr yaratadigan va o‘z harakatlari bilan o‘yin natijasini hal qiladigan ajoyib ijrochilarni tomosha qilishni yaxshi ko‘ramiz. Shu ma’noda, 2022 yilgi jahon chempionati ikki top yulduz o‘rtasidagi janglar turniriga aylandi. Dastlab, ushbu bahs uzoqroq davom etadigandek tuyuldi. Biroq Krishtianu Ronaldu jahon chempionatida muvaffaqiyatsizlikka uchradi, Neymar esa jarohati tufayli o‘zini ko‘rsata olmadi. Natijada mundial Lionel Messi va Kilian Mbappe o‘rtasidagi kurashga aylandi. Ular o‘zaro bahsni finalda hal qilishdi. Hal qiluvchi o‘yin fransuzning qahramonligi bilan yodda qoldi, ammo argentinalik baribir yakunda g‘alaba qozondi.

Jahon chempionatida tarixdagi eng yaxshi finallardan biri sodir bo‘ldi

Qatardagi hal qiluvchi bahs shunday o‘tdiki, odamlar futbolga mehr qo‘yishlari uchun barcha narsa sodir bo‘ldi. Bu har qanday blokbaster filmdan yaxshiroq edi. Qo‘shimcha klass ko‘rsatgan ikki super qahramon tunni shouga aylantirib berdi va "Lusail"ga tashrif buyurgan muxlislar sarf qilgan pullariga achinmadi. Super intriga, bir jamoa deyarli mag‘lub bo‘lganida ketma-ket kambeklar bilan o‘yinga qaytishi shunchaki dahshat! Argentina ikki marta ustunlikni qo‘ldan chiqardi, ammo baribir chempionlikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi va shu tariqa o‘zining buyuk faxriy sardoriga minnatdorchilik bildirdi.

Tarixda janglarga boy finallar deyarli bo‘lmagan. 1930 yili tanaffusgacha 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan urugvayliklar ikkinchi bo‘limda bahsni 4:2 hisobidagi g‘alabaga aylantirishgan. 1966 yilda nemislar Angliyaga qarshi bahsda hisobni ochishgan, keyin yana ortda qolishni boshlagan, ammo 90-daqiqada hisobni tenglashtirib, qo‘shimcha vaqtda baribir mag‘lub bo‘lishgan. Biroq qanday bo‘lmasin, 2022 yilgi hal qiluvchi o‘yin eng buyuklaridan biri sifatida tarixda abadiy qoladi.

Sensasiyalar

Futbol - bu sensasiyalar juda keng tarqalgan sport turi. Chetdan kuzatuvchi uchun g‘olib noma’lum, oldindan aytib bo‘lmaydigan o‘yinlarni tomosha qilish har doim qiziq. Qatarda deyarli barcha guruhlarda so‘nggi turgacha pley-offga chiqish uchun kurashda intriga bor edi. Belgiya, Germaniya, Urugvay, Daniya, Meksika kabi kuchli jamoalar o‘z kvartetlaridan chiqa olmadi. Ammo pley-offda uchta Osiyo jamoasi (shu jumladan Avstraliya) va Afrikaning ikki jamoasi bor edi. Marokash terma jamoasi yarim finalga yo‘l oldi. Sensasiyalarni ko‘rish har doim qiziqarli va ajoyib bo‘ladi.

Statistikalar

Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati uchun FIFA statistikani hisoblashga jiddiy yondashdi va bu maydonda nima bo‘layotganini biroz yaxshiroq tushunishga yordam berdi. Endi to‘pga egalik qilish ko‘rsatkichlaridan tashqari to‘pga ega bo‘lmagan vaqtni hisobga olish kabi xususiyatlar ham hisobga olindi. Bu kurash tezligini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Ma’lumot qiziq, o‘yinchilardan qaysi biri raqibning himoya chizig‘ini buzdi? kim turli zonalarda to‘pni qabul qildi? Bu qiyin kadrlar haqida ma’lumot olishga yordam beradi. Albatta, bu tendensiyaning davom etgani yaxshi.

Kiritildi: 11:21, 21.12.2022.
O'qildi: 1733 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.