Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

Sovrin yutish Erik ten Xagni xursand qila olmaydi!

Sovrin yutish Erik ten Xagni xursand qila olmaydi!

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" ustozi Erik ten Xag jamoa uchun sovrin yutishning o‘zi kamlik qilishi haqida gapirdi.
O‘tgan mavsumda uning jamoasi 58 ochko bilan mavsumni 6 o‘rinda yakunlagandi. Bu safar katta marralar ko‘zlangan. Yozda "MYU" rahbariyati 206,7 million funtni transferlarga sarflab yuborgandi. Ten Xag esa ketkazilgan pullarni oqlashi kerak.


Niderlandiyalik mutaxassis shunday deydi: "Doimo aytib kelaman, ishingizdan qoniqish sizni dangasalikka chorlaydi. Men o‘yinchilarni harakatlaridan xursandman. Ular har bir uchrashuvga to‘g‘ri yondoshmoqda. Ammo doimo kurashish uchun sabab topiladi. Standartlarni yuqori qo‘yish lozim. O‘zingizni qiynashga harakat qilishingiz kerak. Jamoada hammasi menga bog‘liq. APLda omon qolish uchun yuqori standartlar asosida harakat qilishingiz lozim. Chunki bu yerda dunyoning eng zo‘rlari to‘p suradi".

Ten Xag Niderlandiyada chempion bo‘lishga odatlangan. Yozda u zaif "MYU"ni qabul qilib oldi. 52 yoshli mutaxassis bunga shunday izoh beradi: "Men qayerga kelayotganimni yaxshi bilardim. Bu loyiha avvalgisidan ancha farq qiladi. Ha, "MYU" oxirgi paytda muxlislar kutgan darajada emas. Hozir to‘g‘ri yo‘lga tushib oldik. Ammo o‘zimiz bo‘lishimiz kerak bo‘lgan joydan ancha uzoqdamiz. Agarda sovrinlar uchun kurashmoqchi bo‘lsangiz, mayda detallargacha e’tiborli bo‘lishingiz kerak bo‘ladi. Agarda bizda to‘g‘ri reja, qattiq mehnat va yaxshi futbolchilar bo‘lsa, maqsadga erishish osonroq kechadi. Hozir beshinchi o‘rindamiz. Mavsumning katta qismi esa hali oldinda. Men yaxshi natijalar qayd eta olishimizga ishonaman".


Bugun "MYU" yana 9 ta JCH ishtirokchilari bo‘lgan futbolchilarni kutib oldi. Finallarda qatnashgan Lisandro Martines va Rafael Varanga yana bir hafta qo‘shimcha dam beriladigan bo‘ldi.
Qaytgan futbolchilar haqida ten Xag shunday dedi: "Futbolchilarni ham tushunish kerak. Ular 6 hafta davomida umuman boshqa dunyo, boshqa sheriklar va boshqa atmosferada harakat qildi. U yerdagi tizim va uslublar boshqa edi. Ular endilikda bizning uslubimiz, tizimimiz, qoida va qadriyatlarimizga qaytishi lozim. Biz marrani yuqori qo‘yganmiz. Agarda katta maqsadlaringiz bo‘lsa, ularga qarab yurish kerak. Standartlar yuqori bo‘lsagina, o‘sishga erisha olasiz. Aytib o‘tganimdek, jamoadan xursandman. Shu bilan birga ulardan ko‘prog‘ini talab etishda davom etaman".

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 17:50, 21.12.2022.
O'qildi: 1343 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.