Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Ipsvich 0-1 Kristal Pelas
04/12 01:15 Lester 3-1 Vest Xem
05/12 00:30 Nyukasl 3-3 Liverpul
05/12 00:30 Sautgempton 1-5 Chelsi
05/12 00:30 Everton 4-0 Vulverhempton
05/12 00:30 Manchester Siti 3-0 Nottingem Forest
05/12 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Madrid
05/12 01:15 Aston Villa 3-1 Brentford
05/12 01:15 Arsenal 2-0 Man. Yunayted
06/12 00:30 Fulhem - Brayton
06/12 01:15 Bornmut - Tottenhem
06/12 22:30 Inter - Parma

Ser Aleks Fergyuson - Buyuk Britaniyaning buyuk bobosi

Ser Aleks Fergyuson - Buyuk Britaniyaning buyuk bobosi

Baho:
+ | -

«Reynjers»ning «Liverpul»ga qarshi safar uchrashuvida u «Enfild Roud»ga tashrif buyurdi.

Garchi uning jamoasi mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsada, shotlandiyalik afsona uyqu arafasidagi kofe bilan cheklanib qolmay, yoshligini xotirladi. Bir paytlar u glazgoliklar klubi sharafini himoya qilgandi. To‘g‘ri, sermahsul hujumchi maqomiga ko‘tarila olmadi, lekin murabbiylik bobida chinakam dahoga aylangani bois, uning tajribasini o‘rganish qiziqarli, albatta. Xo‘sh, ser Aleks qanday usullardan foydalangan?

G‘alaba ilinjida  «Liverpul»ni tahqirlagandi

Fergyuson shogirdlari faoliyatida turli voqealar, mojarolar yetarli. O‘ta sezgir va ta’sirchan shaxs bo‘lmish ser Aleks ularga nisbatan doimo adolatli bo‘lmagan bo‘lsada, uni hurmat bilan tilga oladilar. Rio Ferdinand qiziq voqealardan birini yodga oldi:

«Murabbiy bizni yoshartirilgan «Arsenal»ga qarshi o‘yinlarga tayyorlaganida, doimo shunday derdi: «Ularning yuzlariga tik qarang. Bu ularga yoqmaydi, bunga ko‘nika olmaydilar. Ularga iloji boricha yaqinroq boring, shunda g‘alabaga erishasiz. Rio, sen ularni yengasan.

«MYU»dagi eng yorqin nutqini ser Aleks «Enfild»da aytgandi: «Aslida, gaplashishning hojati yo‘q. Bu men ko‘rgan «Liverpul»ning eng zaif tarkibi». Bo‘ldi, boshqa gap aytmadi, biz g‘alaba qozondik».

Ferdinand ustozning uzun ma’ruzalariga ko‘nikib qolgandi. Bu gal Shenklining latifanamo e’tirofini eshitdi: «Shahrimizda ikkita buyuk jamoa bor - «Liverpul»ning asosiy va 2-tarkiblari».

«Qizillar» tarkibini zaif deganda, ser Aleks raqibini kamsitishni nazarda tutmagan, balki o‘z jamoasini bosimdan xalos etgandi: «Agarda shu «Liverpul»ni yenga olmasangiz, nafaqat Bekxem, barchangizning qoshlaringiz yoriladi». O‘yinchilar shamani tushundilar. Umuman, ser Aleksning «MYU»si hech qachon 3-pog‘onadan pastlagan emas. Rahbariyat qariyani qaytarishga ham urinib ko‘rgandi.

Nanining kamchiligini o‘ziga xos tarzda qabul qilgandi

Ronalduning yoshlikdagi o‘rtog‘i Fergyusonning muallimlik uslubiga oid voqeani aytib berdi. Uchrashuvlarga vertolyotda kelishga qodir bo‘lgan ser Aleks vaqti,vaqti bilan shogirdlaridan uni uyiga eltib qo‘yishlarini so‘rardi. Shu bahonada murabbiy futbolchi bilan muloqotda bo‘lar, fe’l-atvorini yaxshiroq bilib olardi.

Bir kuni murabbiyni kuzatib qo‘yishni Nani o‘z zimmasiga oldi. Lekin o‘yindan avval rozilik bergani u uchun ulkan xato bo‘ldi. Shu paytgacha Luish atigi bir marta penaltidan gol urgandi. «Fulxem»ga qarshi safar uchrashuvida mezbonlar Skoulzning goliga javob qaytarishdi, keyin «MYU» avtogol evaziga oldinga chiqib oldi. Biroq 90-daqiqada «dalachilar» muvozanatni tikladilar. Soddaroq aytganda, 87-daqiqada «nuqta»dan gol ura olmagan Nani «Fulxem»ga durangni sovg‘a qildi. Yakunda «MYU» «Chelsi»ni quvib o‘tdi, ammo murabbiy bundan bexabar edi. Shu bois, Nani uni uyiga olib borgan yarim soat ichida murabbiy umuman og‘iz ochmadi. Sukunat portugaliyalik futbolchi uchun har qanday baqir-chaqirdan ko‘ra og‘irroq jazo bo‘ldi.

Raqib murabbiylarga bosim o‘tkazardi

Fergyuson psixiatrlarga xos hiyla-nayranglar ustasi edi. Arsen Vengerni behuda «dahanaki janglar»ga jalb etish maqsadida, uni Yaponiyadan kelgani, ingliz futbolida «nol» degandi. Hali risarlik unvoniga sazovor bo‘lmagan davrida ser Aleks Kiganning «Nyukasl»iga olisdan hamla qilib, chempionlik poygasidan chiqarib yuborgandi: «MYU»ning har bir g‘alabasidan keyin, u barcha jamoalar faqat uning jamoasiga qarshi bor kuchlari bilan kurashishlari, «Nyukasl»ni hech kim pisand qilmasligiga shama qilgandi. Tabiiyki, kinoya «hakkalar murabbiyini qattiq ranjitdi, 1927 yildan beri ilk marta chempionlikka yaqin kelgan jamoa «Arsenal», «Blekbern» va «Liverpul»ga imkoniyatni boy berdi. «MYU» sovrinni 2-shov-shuvli chempionga bermadi. Qisqasi, shotlandiyalik murabbiyning ruhiy ta’siri o‘z samarasini berdi.

Sven-Yoran Erikssonning aytishicha, bir kuni Fergyuson unga ertalab 7:00da qo‘ng‘iroq qilib, agar Runini JCH-2006da Angliya terma jamoasiga jalb etadigan bo‘lsa, uni o‘ldirishini aytgan. Mug‘ombirlikda shotlandiyalik kasbdoshidan qolishmaydigan Eriksson «buyruq»qa munosib javob qaytardi va go‘shakni ilib qo‘ydi.

Mashhur Fergi,taymni o‘ylab topdi

«MYU» hisobida so‘nggi daqiqalarda g‘alabani boy berilgan o‘yinlar ko‘p bo‘lsada, ko‘pchilik Barselonani eslaydi. YECHLning «Bavariya» - «MYU» o‘rtasidagi final bahsida faxriy mehmonlar lojasida o‘tirgan Rummenigge va Xyoness birinchi bo‘lib o‘z jamoalarini tabriklash maqsadida pastga yo‘l olishgan, biroq ular liftda ekanliklarida Sheringem va Sulsher gol urishgan va sovrin «MYU»ga nasib etgandi. O‘shanda Fergyuson antiqa udum o‘ylab topgan, o‘yin nihoyasiga yaqinlashib qolganida soatiga qarab olar va oynasiga chertib, tiqillatardi. Murabbiy bu harakati bilan hakamdan qo‘shimcha vaqtni talab qilardi. Ma’lumki, u paytda qo‘shimcha vaqtni tablichkalar orqali e’lon qilinmasdi.

Fergyuson o‘z ixtirosiga quyidagicha izoh bergandi:

«Soatimdan faqat bosim o‘tkazish uchun foydalanardim, o‘yinning nechanchi daqiqasi ekanligiga qaragan emasman. Biroq hakamlar va raqiblarimizga bu signal yetib borardi. Bu ular uchun hiyla edi».

Qizig‘i shundaki, Fergyusonning «MYU»si APLda ham 90-daqiqadan keyin ko‘p gol urgan. Lekin 20 yil ichida atigi 16ta gol g‘alabani ta’minlagan, xolos. Bu borada jamoa «Everton» bilan bir xil ko‘rsatkichga ega, «Liverpul»nikidan 1,5 baravarga kamroq.

Ser Aleksni faqat rafiqasi boshqara olardi

Fergyuson o‘z vaqti bilan yonma-yon odimlagan, ammo uning uslublaridan foydalanish mumkin emas. Masalan, Gvardiola o‘z shogirdlariga u kabi baqira olmaydi. Zamonaviy futbol pedagogikasi psixiatriyadagi ayyorona fokuslarga asoslangan. Ser Aleks gumanist Suxomlinskiy uslubida emas, balki o‘tgan asrning avvalida dunyoga kelgan shotlandiyalik ona tarbiyasiga tayangan holda ishlagan. Biroq uning makr-hiylalari samara berdi. Shu bois, ser Aleksning haqiqiy chempion ekanligini shogirdlariyu, raqiblari, hakamlar ham yaxshi biladilar. Barcha g‘oliblar hurmatga sazovor bo‘lavermaydilar, ammo shotlandiyalik doimiy e’zozda. Manchesterdagi dastlabki yillarida uni ayovsiz tanqid qilishdi, jamoa yorqin o‘yin ko‘rsata olmadi. Shmeyxelni 500000, Kantonani 1,2 mln. funtga xarid qilishganidan keyin, nafaqat «MYU», balki futbol olamining tarixida ijobiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi.

2002 yilda Fergyuson iste’fo taraddudiga tushgan, «MYU» yangi murabbiy izlay boshlagandi. Biroq yarim asrdan ko‘proq ser Aleksning doimiy hamrohi bo‘lgan rafiqasi ketmaslikka ko‘ndirdi. Buyuk murabbiyning ayrim rekordlari yangilandi - Karlo Anchelotti YECHLdagi yuksak ko‘rsatkichlardan birini takrorladi. Biroq yangi Fergyuson maqomiga ko‘tarilish juda qiyin!

MUHAMMADSODIQ tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 21.12.2022.
O'qildi: 1428 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.