Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Shahboz Jo‘rabekov: “Navbahor”ga sovrinlarni qo‘lga kiritish maqsadida keldim”

Shahboz Jo‘rabekov: “Navbahor”ga sovrinlarni qo‘lga kiritish maqsadida keldim”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun mahoratli himoyachi Shahboz Jo‘rabekov "Navbahor" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Shundan so‘ng, futbolchi “Navbahor” PFK matbuot xizmati uchun qisqacha intervyu berdi. Quyida mazkur suhbatni e’tiboringizga havola etamiz.

– Shahboz, avvalo “Navbahor”ga xush kelibsiz? Jamoa safiga qo‘shilishingiz qanday yuz berdi?

- Avvalo, assalomu alaykum. Tabrik uchun rahmat. Meni “Navbahor”ga jamoa bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan taklif qildi. Ushbu mutaxassisni yaxshi bilganim bois, bu taklifni ikkilanmay qabul qildim va mana bugun jamoa bilan shartnoma imzoladim.

- Yangi jamoangiz “Navbahor” borasida qanday ma’lumotga egasiz?

- Albatta, “Navbahor”ni juda yaxshi bilaman. Yakunlangan mavsumda jamoa chempionatda yaxshi start oldi va mavsum yakuniga qadar chempionlik uchun kurash olib bordi, shuningdek, O‘zbekiston kubogi bahslarida ham finalga qadar yetib bordi. Biroq har ikki musobaqada ham “Navbahor”ga bir qadam qolganida biroz omad yetishmadi. Xudo xohlasa, yangi mavsumda “Navbahor” bilan Coca Cola Superligaci, O‘zbekiston Soca Cola kubogi hamda Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) “pley-off” bahslarida muvaffaqiyatli qatnashib, Xudo xohlasa, jamoa safida O‘zbekiston chempionligi va kubogini qo‘lga kiritishni niyat qilganman. Shuningdek, jamoa bilan OCHL “pley-off” uchrashuvlarini omadli yakunlab, guruh bosqichiga yo‘l olish, bir so‘z bilan aytganda, yangi mavsumda “dubl”, 2024 yilgi mavsumda esa OCHLda ham zafar quchish, qisqasini aytganda, “Navbahor”ga sovrinlarni qo‘lga kiritish maqsadida keldim. Buni amalga oshirish uchun qo‘limdan kelganicha harakat qilaman.

- Jamoa muxlislari borasidagi fikringiz...

- Futbol muxlislar uchun o‘ynaladi, albatta. “Navbahor” ishqibozlariga esa ta’rif ojiz. Ular nafaqat yurtimiz, balki, Markaziy Osiyoda ham eng faol muxlislar sanalishadi. Jamoaga kelishimda ushbu omil ham muhim ahamiyat kasb etdi. Yangi mavsumda ishqibozlarga quvonch ulashib, g‘alabalarimiz bilan ularni xursand qilishga intilamiz.

Ma’lumot

Shahboz Jo‘rabekov – 1997 yil, 2 fevralda Jizzax shahrida tug‘ilgan.
Futbol bilan 6 yoshidan shug‘ullanishni boshlagan.
Birinchi murabbiyi: Usmon Muxamedshin.
Ampluasi: himoyachi.
Jizzaxdagi futbol maktab-internatida tahsil olgan.
2014-2022 yillar davomida “So‘g‘diyona” jamoasida o‘ynagan.
Oilali.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:50, 22.12.2022.
O'qildi: 1454 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.