"Milan" klubi yarim himoyachi Ismoil Bennaser bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda jurnalist Alfredo Pedulla xabar bermoqda.
Tomonlar muzokaralar olib bormoqda, biroq masala hali yopilmagan. “Rossonerilar” Bennaserga bonuslarni hisobga olmaganda yiliga 3,8 million yevro to‘lashga tayyor. Futbolchining agenti yiliga 4,5 million yevrolik maosh talab qilmoqda.
Bennaserning "Milan" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Ismoil Premyer-ligaga ham o‘tishi mumkin.