Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Qandingni ur, «Siti»!

Qandingni ur, «Siti»!

Baho:
+ | -

JCH-2022ga futbolchi yuborgan klublar ham daromaddan quruq qolmaydi, albatta.

 Futbolchilarning mundialdagi ishtiroklari uchun ularning klublariga FIFA tomonidan ajratiladigan mablag‘ni taqsimlash formulasi haqida oldinroq ma’lumot berilgandi. Endi esa eng katta ulush qaysi klubga tegishi ham oydinlashdi. The Times nashrida yozilishicha, FIFA JCH-2022 ortidan turnirga futbolchi yuborgan klublarga kompensasiya tariqasida jami 209 million dollar beradi. Shundan eng ko‘pi «Manchester Siti»ga tegadi.

Taqsimot formulasiga asosan, har bir klub Qatarga yo‘l olgan futbolchilari soni va ularning turnirda qancha vaqt bo‘lishganiga qarab ulush oladi. Bunda futbolchining o‘yinlarda maydonga tushgan-tushmagani ahamiyat kasb etmaydi. Oddiy aytganda, hammasi muayyan futbolchining Qatarda necha kun bo‘lganiga bog‘liq. Yana bir nyuans shuki, agar futbolchi amaldagi klubida 2 yildan kam o‘ynagan bo‘lsa, uning nomiga yoziladigan to‘lov summasining bir qismi avvalgi klubiga tegadi.

Xullas, hisob-kitoblarga muvofiq, Angliyaning «Manches­ter Siti» klubi JCH-2022da ishtirok etgan 16 nafar futbolchisi ortidan jami 5,6 million dollar oladi - bu eng katta ulush. Ikkinchi yuqori natija «Barselona»da - 4,1 million dollar. Aslida Kataloniya klubi JCH-2022ga «Siti»dan ko‘proq (17 nafar) futbolchi jo‘natgandi. Faqat shunisi borki, Kataloniya jamoasi vakillaridan ko‘plari turnir bilan ancha erta xayrlashishdi. Jumladan, ular o‘z yurishini 1|8 finalda to‘xtatgan Ispaniya termasi tarkibida ko‘pchilikni tashkil etishgandi. Umuman, «Barsa»ga tegadigan yakuniY summada jamoaning 7 nafar sobiq futbolchisi hissasi ham bor. Xususan, turnir oxirigacha borishgan Lionel Messi (120 ming dollar) va Antuan Grizmann (150 ming dollar) «Barsa»ga nisbatan ko‘proq mablag‘ keltirishdi. 

JCH-2022da 13 nafar futbolchisi qatnashgan «MYU»ning ulushi 3,62 million dollarga teng. «Chelsi» 12 nafar vakili ortidan 3,05 million olsa, «Tottenxem»ga 2,88 «limon» tegadi (11 nafar futbolchi uchun). APLning boshqa vakillariga to‘xtalsak, «Arsenal» 2,61 million (10 nafar futbolchi uchun) va «Liverpul» 1,92 million (7 nafar futbolchi uchun) oladi. «Bornmut», «Kris­tal Pelas» va «Sautgemp­ton» esa APLning eng kam ulushga ega klublari - har biriga 360 ming dollardan tegadi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:15, 23.12.2022.
O'qildi: 3245 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик