Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Messi "PSJ" loyihasiga ishondi

Messi "PSJ" loyihasiga ishondi

Baho:
+ | -

Lionel Messi 2023 yilning yozida "PSJ"ni tark etmaydi.

Klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi 2022 yilgi jahon chempionati vaqtida hujumchining otasi bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida Messi klubda yana bir mavsum o‘tkazishi haqida og‘zaki kelishuvga erishildi.

Relevo xabariga ko‘ra, Messi hech qachon "Barselona"ga qaytishga yaqin bo‘lmagan, chunki klubdan hech qanday taklif bo‘lmagan.

Birinchi qadam Laportaning qo‘ng‘irog‘i va kechirim so‘rashi kerak edi, ammo bu ro‘y bermadi. Oradan bir yarim yil o‘tgach, futbolchining "Barselona" prezidenti bilan munosabatlari tarangligicha qolmoqda - Messining fikricha, Laporta undan foydalangan.

Qolaversa, 2022 yilgi jahon chempionatida g‘alaba qozonganidan so‘ng, Messi yana Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish niyatida. "PSJ" loyihasi unga "Barselona"ga nisbatan ishonchliroq ko‘rinadi.

Oldinroq Joan Laporta Lionel Messining "Barselona"ga qaytishi masalasini muhokama qilmoqchi ekani xabar qilingandi. Argentinalik futbolchining "PSJ" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 08:39, 23.12.2022.
O'qildi: 2820 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.