Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 05:00 Peru - Urugvay

Hamma kutayotgan qishki transferlar

Hamma kutayotgan qishki transferlar

Baho:
+ | -

Tez orada Yevropaning yetakchi ligalarida transfer oynasi ochiladi. Qoidaga ko‘ra, qishda yozga qaraganda ancha kam mashhur bitimlar tuziladi. Ammo noodatiy vaqtda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati muhim o‘tishlar sonini oshirishga qodir. Futbolchilardan qaysi biri yaqin kelajakda klubni o‘zgartirishi mumkin?

Krishtianu Ronaldu: erkin agent → “An-Nassr”

Futbolchi Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati vaqtida ishsizlar qatorida edi. Kutilganidek, shov-shuvli intervyu “MYU” boshliqlarini g‘azablantirdi – ular futbolchini klubdan “haydab yuborishdi”. Ronaldu qayerda bo‘lmasin, bu juda qiziq bo‘ladi. AS xabariga ko‘ra, hozircha Krishtianu faqat bitta rasmiy taklif olgan. Saudiyaning "An-Nassr" klubi futbolchini pul bilan “to‘ldirishga” tayyor (mavsumiga taxminan 200 million yevro), ammo u hali yakuniy qarorga kelgani yo‘q.

Saudiyaliklarning o‘ziga yarasha manfaati bor – ular bunday shov-shuvli transfer ularga 2030 yilgi jahon chempionati mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritishiga yordam beradi, deb kutishmoqda. “An-Nassr” Ronaldu yil oxirigacha taklifni qabul qiladi degan umidda. Portugaliyalik yangi yil ta’tilini Dubayda o‘tkazadi. Ronaldu keyingi Jahon chempionatida ham o‘ynashi mumkinligi aytilmoqda, garchi bu vaqtda 41 yoshda bo‘ladi.

Kodi Gakpo: PSV → “Manchester Yunayted”

Jahon chempionatiga safar oldidan Gakpo PSVda o‘zini yorqin ko‘rsatdi. 23 yoshli futbolchi mavsumning birinchi qismida juda munosib statistikaga erishdi - 24 uchrashuv, 13 gol, 17 golli uzatma. Qatarda esa iqtidorli guruh bosqichidagi har bir o‘yinda gol urgan bo‘lsa-da, pley-offda samarali harakatlarsiz muvaffaqiyat qozondi. "Manchester Yunayted" Gakpoga JCH-2022 oldidan ham qiziqish bildirgan va endi ular PSVning bank hisobini 50 million yevro bilan to‘ldirishga tayyor.

Niderlandiya klubi bosh murabbiyi Rud van Nistelroy Kodi qishki transfer oynasidayoq boshqa jamoaga o‘tishini istisno qilmadi: “Agar menda tanlov bo‘lganida, yozda Gakponing ketishini afzal ko‘rardim. Ba’zida shunday nuqta bo‘ladiki, yo‘q deya olmaysiz."

Aleksis Mak Allister: “Brayton” → “Arsenal”, “Tottenxem”, “Manchester Yunayted” va “Atletiko Madrid”

Jahon chempionati oldidan faqat Premyer-ligani yaqindan kuzatib boradiganlargina Mak Allister haqida bilishardi. Argentinalik futbolchi Qatardagi musobaqani zahirada boshlagan bo‘lsa, Lionel Skaloni Saudiya Arabistoni bilan o‘yindan so‘ng, “Brayton” futbolchisiga asosiy tarkibdan joy olishni ishonib topshirdi. 23 yoshli Aleksis sifatli o‘yin uchun murabbiy minnatdorchilik bildirdi va turnir yakuniga qadar asosiy tarkibdan tushmadi.

"Arsenal", "Tottenxem", "Manchester Yunayted", "Atletiko" - bu klublarning har biri argentinalik futbolchini sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. APL yetakchisi bosh murabbiyi Mikel Artetaning fikricha, Aleksis jamoaning o‘yin tizimiga juda mos tushadi. "Brayton" futbolchiga bunday qiziqishni ko‘rib, shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Mak Allister joriy mavsumda Premyer-ligada 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol urdi.

Isko: erkin agent → Premyer-liga klubi

Ispaniyalik futbolchi “Sevilya” bilan shu yilning avgust oyida shartnoma imzolagan, oradan uch oy o‘tib tomonlar shartnomani bekor qilgandi. 30 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ko‘rinishidan, Isko faoliyatini APLda davom ettiradi - uning xizmatlariga "Arsenal" va "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda. Undan keyin esa hozirda Xulen Lopetegi murabbiylik qilayotgan “Vulverxempton”. U Isko bilan yaxshi tanish, chunki ular "Sevilya" va Ispaniya terma jamoasida birga ishlashgan.

Kiritildi: 13:25, 23.12.2022.
O'qildi: 7529 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.