Kirish Ro'yxatdan o'tish

Martines: "Tchuameni penaltini amalga oshirmoqchi bo‘lganida, uni ruhiy jihatdan sindirishga harakat qildim"

Martines: "Tchuameni penaltini amalga oshirmoqchi bo‘lganida, uni ruhiy jihatdan sindirishga harakat qildim"

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines o‘yindan keyingi seriyada penaltidan foydalana olmagan fransiyalik yarim himoyachi Aureliyen Tchuamenini qanday qilib chalg‘itganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, "oq-ko‘klar" jahon chempionati g‘olibiga aylanishdi va o‘z liboslariga uchinchi yulduzni qo‘shishdi.

"Komanni zarbasini qaytarganimdan keyin, ikkinchi penaltini amalga oshirayotgan futbolchi asabiylashishini bilardim. Men Tchuamenni ruhiy jihatdan sindirishga harakat qildim. Men unga to‘pni o‘zim berib, gapirib, chalg‘itmoqchi bo‘ldim. Natijada u hatto nishonga ham aniq zarba bera olmadi. U hamma narsani barbod qildi", - dedi Martines TyC Sports bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Emiliano Qatardagi jahon chempionatining eng yaxshi darvozaboni deb e’tirof etilgan edi.

Kiritildi: 13:30, 23.12.2022.
O'qildi: 5780 marta.
Fikrlar: 46 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.