Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Abror Ismoilov: “Neftchi” hali o‘z so‘zini aytadi!"

Abror Ismoilov: “Neftchi” hali o‘z so‘zini aytadi!"

Baho:
+ | -

"Neftchi" jamoasi safida to‘p tepgan Abror Ismoilov yangi mavsumni Namanganning "Navbaxor" jamoasi boshlaydi, Ismoilov yangi klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi, shu fursatdan foydalanib Abror Ismoilovdan qisqa fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashishi so‘radik va ushbu interyuni taqdim etamiz.

—Ushbu mavsum yakunlari bo‘yicha fikrlaringiz?

—Bu yilgi mavsumda “Neftchi” jamoasi Superligada bir-biriga o‘xshamagan ikki davrani o‘tkazdi deb o‘ylayman. Birinchi davradagi omadsizliklardan so‘ng jamoa ancha tushkunlikka tushib qolgan edi, biroq ikkinchi davradagi o‘zgarishlar jamoaga juda katta yordam berdi va “Neftchi” Superligada qolish vazifasini uddalay oldi. Pro ligadan chiqqan klub elitada jon saqlab qolishi bu tabiiy hol deb o‘ylayman.

—Kecha “Navbahor” futbol klubi sizni futbolchisi sifatida rasman e’lon qildi. “Navbahor”ga o‘tish qanday yuz berdi?

—Joriy mavsum yakunlangach “Neftchi” bilan shartnomam yakuniga yetgan edi. Superliganing bir qator jamoalaridan takliflar tushdi. Jumladan, “Navbahor” futbol klubidan ham taklif bo‘ldi. To‘g‘risini aytsam, “Neftchi”da qolish niyati yo‘q emasdi. Lekin, “Navbahor” jamoasi kelasi yili OCHLda o‘ynaydi. Klub hozirgi kunda musobaqa yetakchilaridan bo‘lib turgani bois, ushbu jamoadagi o‘yinlarim orqali terma jamoa eshiklarini qayta ochish imkoniyati paydo bo‘lishini hisobga oldim va “Navbahor” klubi bilan shartnoma imzoladim.

—“Navbahor” jamoasi bilan shartnoma imzolaganingizdan so‘ng klub saytiga intervyu berdingiz. Unda “Neftchi” klubidan sizga hech kim aloqaga chiqmagani va bosh murabbiy sizga ishonmagani haqida gapirgansiz. Mazkur holatga izoh bersangiz?

—Yaxshi savol berdingiz. Intervyumdagi o‘sha jumla ozgina noto‘g‘ri talqin qilingan ko‘rinadi, men murabbiy telefon qilmagani yoki menga ishonishmadi demagandim, klubdagi barcha futbolchilar qatori meni ham 12 dekabrdagi Toshkent shahridagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga taklif qilishdi. Lekin, oilaviy sabablar bilan Moskvada bo‘lib turganim bois 12 dekabr kuni mashg‘ulotlarga bora olmadim. Moskvadan kelgach esa “Navbahor” jamoasidan taklif kelib tushdi. Vitaliy Levchenko oldilariga bordim va vaziyatni tushuntirdim. Vitaliy Grigorevich meni to‘g‘ri tushundi va kelajakdagi faoliyatimga omad tiladi. Shundan so‘ng klubdagilar bilan do‘stona xayrlashdik.

Shu o‘rinda qo‘shimcha qilib o‘tishim kerak, Superliganing ikkinchi davrasida “Neftchi” jamoasi bosh murabbiyiga aylangan Vitaliy Grigorevichdan qisqa muddat ichida ko‘p narsa o‘rgandim. Murabbiy sifatida ham, insoniylik fazilati borasida ham menga juda yoqdi. Qisqa qilib aytganda, Vitaliy Grigorevich o‘z kasbining egasi. Shu o‘rinda, “Neftchi”ning shonli o‘tmishini qaytarishda, viloyat futbolini rivojlantirishda va muxlislarni futboldan quvontirib kelayotganliklari uchun viloyat hokimi Hayrullo Haitbayevich Bozorovga,katta rahmat aytaman, bundan futbolga mexr bergan viloyat raxbarini ko‘rmagan edim, lekin albatta kelajakda “Nefti”ga qaytishni so‘rashsa albatta qaytaman!

—Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya klublaridan ham taklif bo‘lgani aytildi. Shu rostmi?

—Rossiya va boshqa davlatlardan aniq takliflar bo‘ldi lekin muzokoralar yakunlanmay qoldi.

- Mavsum davomida sizga eng yoqqan uchrashuv qaysi bo‘ldi?

- Yaypanda ikkinchi davradagi “Qizilqum” jamoasiga qarshi kechkan uchrashuv bo‘ldi deb bemalol ayta olaman shu uchrashuvda avvaliga gol o‘tkazib yubordik shundan keyin penalti tepish xuquqini qo‘lga kiritdik lekin penaltidan gol kirita olmadim, o‘yin so‘ngiga qadar ikki gol urib aybimni ham yuvdim va jamoamiz g‘alaba qozondi.

-Jamoamiz muhlislari uchun tilaklaringiz?

- Ta’kidlab o‘tmoqchiman, “Neftchi”ni yaxshi ko‘raman. Klub meni futbolchi qilib yetishtirib berdi. Bu uchun barcha murabbiylarimga rahmat aytaman. Muxlislar tanlagan yo‘limni albatta negativ o‘ylashlari tabiiy hol, sababi, Abror Ismoilov farg‘onalik futbolchi, lekin bu futbol. Muxlislar meni to‘g‘ri tushunishlarini so‘ragan bo‘lar edim.

Professional sifatida futbolchilar klubdan klubga o‘tishlari oddiy hol. Yangi mavsumda “Neftchi” jamoasiga omad tilayman. “Neftchi” hali o‘z so‘zini aytadi va klub chempion bo‘lishiga tilakdoshman ! Olg‘a, "Neftchi"!

— Sizga ham kelajakdagi faoliyatingizda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

 

Manba: "Нефтчи" ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 17:02, 23.12.2022.
O'qildi: 1217 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.