Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Mbappe - Transfermarkt versiyasiga ko‘ra jahonning eng qimmat futbolchisi

Mbappe - Transfermarkt versiyasiga ko‘ra jahonning eng qimmat futbolchisi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi va "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi, deb xabar bermoqda Transfermarkt.

Transfermarkt Qatardagi jahon chempionati yakunlari bo‘yicha futbolchilarning transfer narxlarini yangiladi. Mbappe eng qimmat futbolchiga aylandi. Uning narxi 20 million yevroga (160 million yevrodan 180 million yevroga) oshdi. Narxlari bo‘yicha u "Manchester Siti" va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xolandni ortda qoldirdi.

Shuningdek, Argentina va “Benfika” yarim himoyachisi Enso Fernandesning narxi 20 million yevroga (35 million yevrodan 55 million yevroga) oshdi. "Manchester Siti" hujumchisi Xulian Alvares o‘zining transfer narxiga 18 million yevro qo‘shdi va endi uning narxi 50 million yevroga baholanmoqda.

Yoshko Gvardiol (75 million yevro, Xorvatiya, RB Leypsig), Kodi Gakpo (60 million yevro, Niderlandiya, PSV) va Sofyan Amrabat (25 million yevro, Marokash, Fiorentina) har biri 15 million yevroga o‘z narxini oshirdi. Gvardiol bu bilan dunyoning eng qimmat himoyachisiga aylandi.

Angliyalik Jud Bellingem (110 mln yevro, "Borussiya Dortmund") va Bukayo Saka (100 mln yevro, "Arsenal") 10 mln yevroga qimmatlagan.

Kiritildi: 19:47, 23.12.2022.
O'qildi: 3010 marta.
Fikrlar: 43 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.