Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Fransiya bilan 2018 yilda Jahon chempioni bo‘lgan futbolchi faoliyatini yakunladi

Fransiya bilan 2018 yilda Jahon chempioni bo‘lgan futbolchi faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -

35 yoshli Blez Matyuidi futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqlarida yozgan.

“Futbol, men seni juda yaxshi ko‘rardim. Futbol, sen menga juda ko‘p narsa berding, lekin to‘xtash vaqti keldi. Men bolalik orzularimni, o‘smirlik orzularimni amalga oshirdim. Bugun ovozimda titroq, lekin g‘urur bilan men ushbu sahifani yopyapman", deb yozdi futbolchi.

Uning so‘nggi jamoasi MLSning "Inter Mayami"si edi.

Fransiya terma jamoasi tarkibida yarim himoyachi Rossiyada bo‘lib o‘tgan 2018 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqdi. U terma jamoa safida jami 84 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urgan.

"PSJ" tarkibida u bir necha bor mamlakat chempionligi, kubogi va superkubogini qo‘lga kiritgan. "Yuventus" bilan birgalikda uch marta Italiya chempioni bo‘lgan, shuningdek, bir marta mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 21:50, 23.12.2022.
O'qildi: 2064 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.