Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ronaldu «An-Nasr» bilan shartnoma imzolasa, Masharipov klubni tark etadimi?

Ronaldu «An-Nasr» bilan shartnoma imzolasa, Masharipov klubni tark etadimi?

Baho:
+ | -

Ispaniya matbuoti xabariga ishonadigan bo‘lsak, portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning bir oyog‘i Saudiyaning «An-Nasr» klubida. Ronaldu klub bilan 2030 yilgacha shartnoma imzolaydi. U 2,5 yil davomida u «An-Nasr»da o‘ynaydi, qolgan vaqtlarda esa Saudiya Arabistoni, Gresiya va Misrning 2030 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun Jahon Chempionati elchisi rolini o‘ynaydi.

Agar Ronaldu klubga kelsa,  «An-Nasr» bir nechta o‘yinchilardan qutulishga majbur bo‘ladi, chunki Saudiya Arabistoni chempionatida xorijlik o‘yinchilarga cheklov bor.

2018 yilgacha Saudiya Arabistonida xorijlik o‘yinchilar uchun qat’iy cheklov bor edi, unga ko‘ra bir jamoa mavsum uchun 4 nafardan ortiq xorijlik futbolchini qabul qila olmas edi. 2018 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng Saudiya futbol federasiyasi ushbu cheklovni yengillashtirib, klublarga mavsum uchun olti nafar xorijlik futbolchini kiritishga ruxsat berdi. Oradan olti oy o‘tib, bu limit yana bittaga oshdi. Shu tariqa, endi Saudiya klublari bir mavsumda 7 nafar xorijlik legioner futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi, shuningdek, avvalroq taqiq qo‘yilgan xorijlik darvozabonlarni taklif etishi mumkin.

Qolaversa, Saudiya Arabistoni chempionatida hamma legioner ham o‘ynay olmaydi: liga FIFA reytingining 100taligiga kirmagan jamoalar futbolchilariga ishlash uchun ruxsatnoma bermaydi.

Hozirda «An-Nasr» tarkibida 8 nafar legioner bor: David Ospina (Kolumbiya), Alvaro Gonsales (Ispaniya), Luis Gustavo (Braziliya), Gisleyn Konan (Ivuar), Taliska (Braziliya), Gonsalo Martines (Argentina), Jaloliddin Masharipov (O‘zbekiston) va Vinsent Abubakar (Kamerun). Saudiya klubi Krishtianu Ronalduni taklif qilsa, bu ro‘yxatdagi ikki futbolchi bilan xayrlashishga majbur bo‘ladi.

«Marca» xabariga ko‘ra, Martines va Masharipov «An-Nasr»ni tark etishadi. Argentinalik va o‘zbekistonlik legionerlar Yevropa va jahon chempionatlarida o‘ynash tajribasiga ega bo‘lgan «Al-Nasr»ning qolgan legionerlari fonida salbiy taassurot qoldirishi mumkin.

Masharipov «Paxtakor» tarbiyalanuvchisi bo‘lib, u yerda 4 yil o‘ynab, O‘zbekiston chempionatining eng yorqin o‘yinchilaridan biriga aylandi.

Darhaqiqat, uslub jihatdan Masharipovning o‘yini Ronalduning 5-7 yil oldingi o‘yinlarini eslatadi. O‘zbekistonlik yarim himoyachining startdagi va yugurish tezligi, o‘ng oyoq zarbasi yaxshi, lekin uning asosiy mahorati yuqori tezlikdagi dribling. Masharipov qanotdan markazga driblingni davom ettirib, raqib darvozasining uzoq burchagiga zarba berib, o‘nga yaqin gol urdi.

Biroq Jaloliddin «An-Nasr»da o‘zini ochib bera olmadi. Saudiya klubiga o‘tganidan ikki hafta o‘tib Masharipov BAAning «Al-Ahli» klubiga ijaraga yuborildi. Dubay klubida o‘zbekistonlik yarim himoyachi 19 uchrashuvda 9 ta golli uzatmani amalga oshirib, o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Shubhasiz, «Al-Ahli» Masharipovni klubga doimiy ravishda taklif qilish haqida o‘ylayapti.

Jaloliddin «An-Nasr»da jami 29 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Endi esa katta ehtimol bilan o‘zbekistonlik portugaliyalik superyulduz kelgani uchun klubni tark etishga majbur bo‘ladi.

Kiritildi: 22:38, 23.12.2022.
O'qildi: 5109 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.