Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Rekordga atigi yarim daqiqa...

Rekordga atigi yarim daqiqa...

Baho:
+ | -

Fransiyalik nouneym Randal Kolo-Muanining jahon chempionati rekordini yangilashiga ozgina qoldi.

 24 yoshli futbolchi Qatar mundiali finali chiptasi taqdiriga oydinlik kiritgan Xorvatiya termasiga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushiboq gol urib, hisobni 2:0ga yetkazdi. Shu tariqa Didye Desham jamoasi final hushtagiga qadar ancha xotirjam o‘ynab, yakunda hal qiluvchi bahsga sakradi. Biz esa hozir JCH tarixida o‘yinga zaxiradan qo‘shilib, gol urishga eng kam vaqt sarflagan futbolchilar haqida gaplashamiz.

Richard Morales (Urugvay, JCH-2002) - 16 soniya

Zaxira vakilining eng tezkor goli masalasidagi rekord urugvaylik hujumchi Richard Moralesga tegishli. U tanaffusdan so‘ng maydonga tushib, atigi 16 soniya o‘tib, Senegal termasi darvozasini nishonga olgan va KONMEBOL vakili shu tariqa mashhur «kam­bek»ni boshlagandi. Urugvayliklar yakunda katta qahramonlik ko‘rsatib, o‘yin 3:3 hisobida xotima topishini ta’minlashgandi, biroq guruhdan chiqolmagandilar, baribir. Ya’ni J.Koreya|YAponiya mundialida «pley-off» yo‘llanmalari Senegal va Daniya milliy jamoalariga nasib etgandi. To‘g‘rirog‘i, daniyaliklar guruhda 1-o‘rin, senegalliklar esa 2-pog‘onaga joylashgan bo‘lsalar, urugvayliklar 3-qator bilan cheklanishgandi.

Ebbe Sand  (Daniya, JCH-98) - 26 soniya

Asosan «Shalke» safidagi yorqin o‘yinlari bilan tanilgan hujumchi Fransiya mezbonlik qilgan jahon chempionati 1|8 finalida Nigeriya termasining kutilmagan «katta» mag‘lubiyatida ishtirok etgandi. Oddiy aytganda, ikkinchi bo‘lim davomida safga qo‘shilgan Sand oradan atigi 26 soniya o‘tib, «dinamit»ning 3-goliga mualliflik qilgandi. Yakuniy hisob - 4:1. Daniyaliklarni chorak finalda qo‘rqinchli Braziliya milliy jamoasi kutib turgandi. Ular Janubiy Amerika vakiliga imkon qadar qarshilik ko‘rsatishadi, ammo yakunda 2:3 hisobidagi mag‘lubiyatni tan olishadi, baribir.

Randal Kolo-Muani (Fransiya, CHM-2022) — 44 soniya

«Ayntraxt»ning 24 yoshli hujumchisi Qatarda JCH tarixidagi 3-yuqori natijani qayd etdi. Kolo-Muanining ushbu tezkor goli yarim finalda urilgani bilan e’tiborga molik. O‘zingiz tasavvur qiling, futbolchi maydonga tushgach, atigi 44 soniyadan so‘ng hisobni 2:0ga aylantirdi va Fransiya milliy jamorasini asabiy yakundan qutqarib qoldi amalda. Har holda, agar 1:0 hisobi saqlanib turganida, Marokash termasi futbolchilari so‘nggi daqiqalarda 10 hissa ko‘p kuch bilan oldinga tashlanardilar...

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:44, 23.12.2022.
O'qildi: 2154 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.