Frenk Lempard jamoasi ijara asosida o‘ynayotgan "Sporting" himoyachisi Ruben Vinagreni sotib olmoqchi emas. A Bola nashrining yozishicha, liverpulliklar portugaliyalikning o‘yinlaridan norozi.
Futbolchining o‘zi ham yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega emas, shuning uchun u yaqin kelajakda vaziyatni o‘zgartirmoqchi. Eslatib o‘tamiz, Vinagre avvalroq Angliyaning boshqa jamoasi - "Vulverxempton"da ham o‘ynagan.
Joriy mavsumda Vinagre Angliya Premyer-ligasida bor yo‘g‘i ikkita o‘yin o‘tkazdi.