Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

"Liverpul" yana muammolar girdobida. "Aston Villa"ga qarshi bahsda jamoaga 7 nafardan ko‘proq futbolchi yordam bera olmaydi

"Liverpul" yana muammolar girdobida. "Aston Villa"ga qarshi bahsda jamoaga 7 nafardan ko‘proq futbolchi yordam bera olmaydi

Baho:
+ | -

Xalqaro tanaffus yakunlangani bilan ham "Liverpul"dagi muammolar tugamayapti. Jamoa FIFA kunlaridan so‘ng ham tarkib bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch kelishda davom etmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya Premyer-ligasi 17-turidan o‘rin olgan "Aston Villa"ga qarshi o‘yin oldidan jarohatdagi futbolchilari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Klopp Roberto Firmino va Jeyms Milner "Liverpul"ning keyingi ikki o‘yinini o‘tkazib yuborishini tasdiqladi. Futbolchilar Premyer-ligada "Aston Villa" va "Lester" bilan bahslarda ishtirok etmaydi, o‘yinlar mos ravishda 26 va 30 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Firmino mashg‘ulotlarda jarohat olgani tufayli Liga kubogida "Man Siti"ga qarshi o‘ynamadi. Milner asosiy tarkibda maydonga tushdi, biroq o‘yin davomida uning son mushaklarida muammo paydo bo‘ldi va 38-daqiqada almashtirildi.

"Liverpul" bosh murabbiyi: "O‘shandan beri Milner bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanmadi - u Firmino kabi bir nechta o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi", - dedi.

Trent Aleksandr-Arnold kasalligi tufayli "Siti"ga qarshi bahsni o‘tkazib yubordi.

“Oksleyd-CHemberlen yaxshi, u Trent va ba’zi xodimlar kabi kasal edi. Hozirda biz ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Bu oson vaziyat emas, o‘yinlarni rejalashtirish qiyin – biz “Siti”ga qarshi qanday o‘ynashni istayotganimizni 100 foiz bilardik, keyin esa so‘nggi daqiqada rejalarni o‘zgartirishga majbur bo‘ldik. "Aston Villa" bilan o‘yin oldidan ham biz moslashuvchan bo‘lishimiz kerak", - dedi bosh murabbiy.

“Virjil mashg‘ulot o‘tkazmoqda, hammasi yaxshi, shuning uchun u o‘ynaydi. Umid qilamanki, Trent yaxshiroq bo‘ladi, u butun mashg‘ulotni jamoa bilan o‘tkaza olmadi. Vaziyat qanday rivojlanishini ko‘ramiz.

Ibrahima Konate "Aston Villa"ga qarshi o‘ynamaydi. Fransiyaga jahon chempionati finaliga chiqishga yordam berganidan so‘ng unga ta’til berildi. Shuningdek, Luis Dias, Diogu Jota, Kyortis Jons va Artur Melo ham jarohati tufayli navbatdagi bahslarda maydonga tusha olmaydi.

Kiritildi: 22:08, 24.12.2022.
O'qildi: 2535 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик