Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Karlo Anchelotti: «Agar o‘zlari ishdan bo‘shatishmasa, shartnomam oxirigacha ketmayman»

Karlo Anchelotti: «Agar o‘zlari ishdan bo‘shatishmasa, shartnomam oxirigacha ketmayman»

Baho:
+ | -

Karlo Anchelotti Anch~io Sport radiosiga bergan intervyusida uni Braziliya terma jamoasi bilan bog‘laydigan mish-mishlar, jahon chempionati natijalari va Leo Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi qarama-qarshilik haqida fikr bildirdi.

- Don Karlo, «qirollik klubi»dagi kelajagingiz haqida gapira olasizmi?

- Kelajak haqida o‘ylamayman, bugun uchun yashayman. Hozir o‘zimni «Madrid»da yaxshi his qilyapman, bu mavsumda oldimizga katta maqsadlar qo‘yilgan. Meni oldinda nimalar kutayotgani haqida o‘ylash uchun vaqt bo‘ladi hali. Klub bilan shartnomam 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi, agar madridliklarning o‘zi ishdan bo‘shatmasa, shartnomam oxirigacha ketmayman.

- Qatar maydonlarida o‘tgan jahon chempionati haqida fikringiz...

- Bu chiroyli final bilan yakunlangan ajoyib turnir edi. Argentina g‘alaba qozonishga haqli edi: ularda o‘ziga ishonch paydo bo‘ldi, ularning tarkibida ajoyib formadagi Messisi bor edi. Argentinaliklar ikki sababga ko‘ra g‘alaba qozonishdi: birinchidan, ularda yaxshi o‘yinchilar bor va jamoada eng kuchli o‘yinchilardan biri, ikkinchidan, mahorat yoshlar bilan aralashib ketgani uchun - yangi kelgan Alvares va Enso Fernandes tufayli, shuningdek, himoyadagi uyushqoqlik bilan ishlash kerak.

- Kasbdoshingiz Lionel Skaloni ham ajoyib ish qildi...

- Ha, u ajoyib ish qildi, lekin hech qanday yangilik ixtiro qilgani yo‘q: o‘yinchilarni o‘z o‘rniga qo‘ydi va himoyada o‘yinni yaxshi tashkil qildi, jamoani Messi, Alvares va Di Mariyaning mahorati qo‘llab-quvvatladi.

- Hal qiluvchi bahs ham fantastikaning o‘zginasi bo‘ldi...

- Eng yaxshi individual mahorat va eng yaxshi tashkilotchilikka ega ikki jamoa finalga chiqdi. Ular tarkiblaridagi qobiliyatlarga qaramay, o‘zlarini himoya qilishdan qo‘rqmadilar. Fransiya va Argentina - yaxshi himoyaviy ish va yuqori darajadagi o‘yinchilar mahorati orqali natijalarga erishadigan jamoalar sanalishadi.

- Butun futbol ahlining unga bo‘lgan muhabbatlarini yanada kuchaytira olgan Messi va Krishtianu haqida nima deysiz?

- Bu qarama-qarshilik ikkalasi uchun ham motivasiyadir. O‘tgan yillar davomida Messi va Ronaldu futbol olamining bosh me’morlari bo‘lishdi - ular ajoyib o‘ynashdi va ko‘p gollar urishdi. Messi faoliyatini jahon chempionatidagi g‘alaba bilan yakunlaydi, aks holda Krishtianu, lekin uning faoliyati har jihatdan aql bovar qilmaydigan, ayniqsa «Madrid»dagisi, bu yerdagi muxlislar qalbida abadiy qoladi. Krishtianu kelajakda nima qilishni rejalashtirayotganini bilmayman, lekin u kurashni eng yuqori saviyada davom ettirish istagi bor, menimcha, arab dunyosi unga to‘g‘ri kelmaydi.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:44, 25.12.2022.
O'qildi: 1412 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.