O‘zbekistonda eng yaxshi murabbiy nominasiyasi 1996 yildan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, futbolchilar yo‘nalishi so‘rovi milliy chempionatimiz bilan tengdosh. Ya’ni 1992 yilgi birinchi mavsum yakunidayoq futbolimiz jamoatchiligi eng yaxshi o‘yinchi bilan tanishgandi. Shuning hisobiga laureat futbolchilar safi murabbiylarnikidan kengroq garchi rekordchi Odil Ahmedovning bir o‘zi naq 6 marta e’tirof etilgan bo‘lsada. Xullas, mavsum-2022 bosh qahramoni Jamshid Iskanderov hisob bo‘yicha 17-laureatdir. Eslatma, Temur Kapadze murabbiylar orasida 15-g‘olib bo‘ldi.
Birinchi 10 yillik (1992-2001): «paxtakorchilar» davri
Futbolimizning yangi tarixi - Mustaqillik davrining ilk 10 yilligiga qarasak, bu vaqtda «Paxtakor» vakillari naq 6 marta e’tirof etilganlar. Jumladan, Mirjalol Qosimov va Pavel Bugalo bu orada «sherlar» futbolchisi maqomida 2 martadan individual sovrin yutishgan. Shuningdek, Valeriy Kechinov va Andrey Akopyans ham «Paxtakor»dagi o‘yinlari samarasi o‘laroq, e’tirof etilgandilar. Darvoqe, Mirjalol Qosimov ilk 10 yillikda «Krilya Sovetov» (Rossiya) futbolchisi sifatida ham so‘rov g‘olibiga aylangan. Igor Shkvirin esa bunday yutuqni «Makkabi» (Isroil) hujumchisi maqomida nishonlagandi 1994 yili. Tabiiyki, deyarli har bir laureatning muvaffaqiyatida O‘zbekiston milliy jamoasidagi o‘yinlari og‘ir tosh bosgan. To‘g‘ri, ba’zi istisnolar ham yo‘q emas (deylik, Jamshid Iskanderov bu yil bosh jamoamizda o‘ynamay turib ham, eng yaxshi maqomiga erishdi). Birinchi davrning qolgan ikki laureatiga kelsak, ular chempion klublar vakillari - «Navbahor»dan Oleg Shaskix va yo‘qlik sari singgan «Do‘stlik»dan Ja’far Irismetov.
Yil |
Laureat (klubi) |
2-o‘rin (klubi) |
3-o‘rin (klubi) |
1992 |
Valeriy Kechinov («Paxtakor») |
Rustam Abdullayev («Temiryo‘lchi»|«Qo‘qon-1912») |
Mustafo Bilolov («Nurafshon» | «Buxoro») |
1993 |
Mirjalol Qosimov («Paxtakor») |
Rustam Do‘rmonov («Neftchi») |
Stepan Atoyan («Neftchi») |
1994 |
Igor Shkvirin («Makkabi», Isroil) |
Mirjalol Qosimov («Paxtakor») |
Yuriy Sheykin («Traktor») |
1995 |
Oleg Shaskix («Navbahor») |
Dilmurod Nazarov («Paxtakor») |
Sergey Lebedev («Neftchi») |
1996 |
Pavel Bugalo («Paxtakor») |
Farhod Magometov («Navbahor») |
Sergey Lebedev («Neftchi») |
1997 |
Pavel Bugalo («Paxtakor») |
Ja’far Irismetov («Do‘stlik») |
Andrey Fyodorov («Neftchi») |
1998 |
Mirjalol Qosimov («Paxtakor») |
Igor Shkvirin («Paxtakor») |
Andrey Akopyans («Paxtakor») |
1999 |
Andrey Akopyans («Paxtakor») |
Shuhrat Rahmonqulov («Navbahor») |
No‘’mon Hasanov («Do‘stlik») |
2000 |
Ja’far Irismetov («Do‘stlik») |
Zafar Xolmurodov («Nasaf») |
Muhsin Muhammadiyev («Dinamo») |
2001 |
Mirjalol Qosimov («Krilya Sovetov», Rossiya) |
Nikolay Shirshov («Rostov», Rossiya) |
Umid Isoqov («Neftchi») |
Ikkinchi 10 yillik (2002-2011 yillar): Maksim Shaskix davri
2002 yili yoshgina Aleksandr Geynrix «paxtakorchi» sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, keyingi 5 mavsumning 4tasi «Dinamo» (Kiyev)da eng yaxshi davrini o‘tkazgan Maksim Shaskixga ataldi. Diqqat qiling, «Paxtakor»ning amaldagi bosh murabbiyi bu oraliqda 4 karra laureat bo‘lgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Undan oldin esa 2004 yili «Alaniya»da o‘ynagan Mirjalol Qosimov 4-yutug‘ini nishonlagandi. Lekin Shaskix O‘zbekistonda qatorasiga 3 marta yilning eng yaxshisi sifatida e’tirof etilgan birinchi futbolchidir. Biz shartli ravishda ajratib olgan ikkinchi dekadaning qolgan yillari so‘rovlarida Server Jeparov va Odil Ahmedov galma-gal, yana turli klublar vakili sifatida 2 martadan g‘olib chiqishdi.
Yil |
Laureat (klubi) |
2-o‘rin (klubi) |
3-o‘rin (klubi) |
2002 |
Aleksandr Geynrix («Paxtakor») |
Gochguli Gochguliyev («Paxtakor») |
Server Jeparov («Paxtakor») |
2003 |
Maksim Shaskix («Dinamo» K., Ukraina) |
Vladimir Shishelov («Zimbru», Moldova) |
Aleksandr Geynrix (SSKA, Rossiya) |
2004 |
Mirjalol Qosimov («Alaniya», Rossiya) |
Aleksandr Geynrix (SSKA, Rossiya) |
Maksim Shaskix («Dinamo» K., Ukraina) |
2005 |
Maksim Shaskix («Dinamo» K., Ukraina) |
Mirjalol Qosimov («Mash’al») |
Anvar Soliyev («Paxtakor») |
2006 |
Maksim Shaskix («Dinamo» K., Ukraina) |
Aleksandr Geynrix («Torpedo», Rossiya) |
C erver Jeparov («Paxtakor») |
2007 |
Maksim Shaskix («Dinamo» K., Ukraina) |
Server Jeparov («Paxtakor») |
Vitaliy Denisov («Dnepr», Ukraina) |
2008 |
Server Jeparov («Bunyodkor») |
Odil Ahmedov («Paxtakor») |
Ignatiy Nesterov («Paxtakor») |
2009 |
Odil Ahmedov («Paxtakor») |
Rivaldo («Bunyodkor») |
Jasur Hasanov («Bunyodkor») |
2010 |
Server Jeparov («Seul», J.Koreya) |
Odil Ahmedov («Paxtakor») |
Bahodir Nasimov («Neftchi», Ozarbayjon) |
2011 |
Odil Ahmedov («Anji», Rossiya) |
Server Jeparov («Al-SHabab», S.Arabistoni) |
Aleksandr Geynrix («Suvon Samsung Blyuuingz», J.Koreya) |
Uchinchi 10 yillik (2012-2021 yillar): Odil Ahmedov davri
Mavsum-2012gacha 2 marta bosh qahramon rutbasiga erishgan Odil Ahmedov 2014-2016 yillar «Krasnodar» futbolchisi maqomida ketma-ket laureat bo‘lish bobida Maksim Shaskix rekordini takrorlash barobarida umumiy jadvalda sof 1-o‘ringa ko‘tarildi. Qolaversa, milliy jamoamiz sobiq sardori orada bir tin olib, 2018 yili (endi Xitoyning «Shanxay SIPG» vakili sifatida) o‘z mavqeini mustahkamladi - 6 karra eng yaxshi. Bu davrda shuningdek, Eldor Shomurodov avvaliga «Rostov» (Rossiya), keyin «Roma» (Italiya)ni O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchilari klublari ro‘yxatiga kiritdi. Umuman, 2012-2021 yillar asosan legionerlarga ataldi. Ya’ni Ahmedov va Shomurodovdan tashqari, Sanjar Tursunov («Alaniya», Rossiya) va Vitaliy Denisov («Lokomotiv», Rossiya) ham xorijda o‘ynagan holda, O‘zbekiston futboli qahramoni bo‘lishdi. Lekin mahalliy klublar ham ikki laureatni tanishtirdi, baribir. Bular - Marat Bikmayev («Lokomotiv») va Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»).
Yil |
Laureat (klubi) |
2-o‘rin (klubi) |
3-o‘rin (klubi) |
2012 |
Sanjar Tursunov («Alaniya», Rossiya) |
Odil Ahmedov («Anji», Rossiya) |
Ulug‘bek Baqoyev («Irtish», Qozog‘iston) |
2013 |
Vitaliy Denisov («Lokomotiv» M., Rossiya) |
Jamshid Iskanderov («Paxtakor») |
Odil Ahmedov («Anji», Rossiya) |
2014 |
Odil Ahmedov («Krasnodar», Rossiya) |
Vitaliy Denisov («Lokomotiv» M., Rossiya) |
Jamshid Iskanderov («Paxtakor») |
2015 |
Odil Ahmedov («Krasnodar», Rossiya) |
Sardor Rashidov («Al-Jaish», Qatar) |
Igor Sergeev («Paxtakor») |
2016 |
Odil Ahmedov («Krasnodar», Rossiya) |
Temurxo‘ja Abduxoliqov («Lokomotiv») |
Vitaliy Denisov («Lokomotiv» M., Rossiya) |
2017 |
Marat Bikmayev («Lokomotiv») |
Bahrom Abdurahimov («Nasaf») |
Otabek Shukurov («Bunyodkor») |
2018 |
Odil Ahmedov («Shanxay SIPG», Xitoy) |
Marat Bikmayev («Lokomotiv») |
Otabek Shukurov («Sharja», BAA), Ikrom Aliboyev («Lokomotiv») |
2019 |
Eldor Shomurodov («Rostov», Rossiya) |
Odil Ahmedov («Shanxay SIPG», Xitoy) |
Jaloliddin Masharipov («Paxtakor») |
2020 |
Jaloliddin Masharipov («Paxtakor») |
Eldor Shomurodov («Jenoa», Italiya) |
Oybek Bozorov («Nasaf») |
2021 |
Eldor Shomurodov («Roma», Italiya) |
Jaloliddin Masharipov («Al-Nasr», S.Arabistoni) |
Husayn Norchayev («Nasaf») |
To‘rtinchi 10 yillik (2022-2031 yillar): kimning davri?
Mana, tahlil uchun olingan 4-davrni «Navbahor» bilan kumush medal yutgan, ammo hamon milliy jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanes nazaridan chetda qolayotgan Jamshid Iskanderov ochib berdi. U laureat futbolchilar ro‘yxatiga 17-raqam ostida qo‘shilganini maqola boshida aytdik. Yana bir fakt shuki, Iskanderov milliy chempionatda o‘ynab eng yaxshi bo‘lganlar hisobiga 14-ochkoni taqdim etdi. Boshqacha aytganda, ortda qolgan 31 mavsumning 17tasida xorijda o‘ynagan futbolchilarimiz e’tirof etilganlar.
Yil |
Laureat (klubi) |
2-o‘rin (klubi) |
3-o‘rin (klubi) |
2022 |
Jamshid Iskanderov («Navbahor») |
Bobur Abduxoliqov («Energetik-BGU», Belarus) |
Eldor Shomurodov («Roma», Italiya) |
Klublar poygasi. O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatiga qarasak, eng ko‘p laureat «Paxtakor»dan. Poytaxt klubi futbolchilari 9 marta bosh qahramon bo‘lishgan. Bu borada Kiyev «Dinamo»si birgina Maksim Shaskix tufayli 2-o‘rinda. «Krasnodar» esa Odil Ahmedov sabab 3-pog‘ona egasi bo‘lib turibdi. Umuman, O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatida 16ta klub nomi bor.
«Paxtakor» - 9 marta: M.Qosimov (2 marta), P.Bugalo (2 marta), V.Kechinov, A.Akopyans, A.Geynrix, O.Ahmedov, J.Masharipov
«Dinamo» K. (Ukraina) - 4 marta: M.SHaskix (4 marta)
«Krasnodar» (Rossiya) - 3 marta: O.Ahmedov (3 marta)
«Navbahor» - 2 marta: O.SHaskix, J.Iskanderov
«Alaniya» (Rossiya) - 2 marta: M.Qosimov, S.Tursunov
«Makkabi» (Isroil) - 1 marta: I.SHkvirin
«Do‘stlik» - 1 marta: J.Irismetov
«Krilya Sovetov» (Rossiya) - 1 marta: M.Qosimov
«Bunyodkor» - 1 marta: S.Jeparov
«Seul» (J.Koreya) - 1 marta: S.Jeparov
«Anji» (Rossiya) - 1 marta: O.Ahmedov
«Lokomotiv» M. (Rossiya) - 1 marta: V.Denisov
«Lokomotiv» - 1 marta: M.Bikmayev
«Shanxay SIPG» (Xitoy) - 1 marta: O.Ahmedov
«Rostov» (Rossiya) - 1 marta: E.SHomurodov
«Roma» (Italiya) - 1 marta: E.SHomurodov
Umumiy jadval
17 laureatdan 8 nafari mamlakatda kamida ikki bora tengsiz bo‘lgani bilan maqtanishi mumkin. Lekin Odil Ahmedovning rekordi (6 karra eng yaxshi) hali-veri yangilanmasligi aniq. Zero, uning yaqin ta’qibchilari allaqachon butsalarini mixga ilishgan. Ha, Eldor Shomurodov, ehtimolki, Jaloliddin Masharipovda yetakchini quvish imkoniyati yo‘q emas. Biroq ularga vaqt yetarmikan? Axir Odilga yetish uchun biri yana 4 marta, ikkinchisi esa 5 bora so‘rov g‘olibiga aylanishi kerak.
Odil Ahmedov - 6 marta (2009, 2011, 2014, 2015, 2016, 2018)
Mirjalol Qosimov - 4 marta (1993, 1998, 2001, 2004)
Maksim Shaskix - 4 marta (2003, 2005, 2006, 2007)
Pavel Bugalo - 2 marta (1996, 1997)
Server Jeparov - 2 marta (2008, 2010)
Eldor Shomurodov - 2 marta (2019, 2021)
Valeriy Kechinov - 1 marta (1992)
Igor Shkvirin - 1 marta (1994)
Oleg Shaskix - 1 marta (1995)
Andrey Akopyans - 1 marta (1999)
Ja’far Irismetov - 1 marta (2000)
Aleksandr Geynrix - 1 marta (2002)
Sanjar Tursunov - 1 marta (2012)
Vitaliy Denisov - 1 marta (2013)
Marat Bikmayev - 1 marta (2017)
Jaloliddin Masharipov - 1 marta (2020)
Jamshid Iskanderov - 1 marta (2022)