Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

"Real" Mbappe bilan shartnoma imzolamoqchi emasligi sababi topildi

"Real" Mbappe bilan shartnoma imzolamoqchi emasligi sababi topildi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi “PSJ” va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening transferi jamoadagi muhitni buzishi mumkin deb hisoblamoqda.

"Marca" nashri xabariga ko‘ra, bunday saviyadagi futbolchining transferi madridliklar jamoasidagi futbolchilar rolining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin, "Real Madrid" bunday bo‘lishini istamaydi. Xuddi shu sababga ko‘ra, klub hujumchi Krishtianu Ronalduni qaytarish variantini ko‘rib chiqmagan.

"Real Madrid" Mbappe jamoaga ko‘p narsa berishi mumkinligiga ishonmoqda, ammo klub "PSJ"dan futbolchini sotib olishni rejalashtirmayapti. "Qirollik klubi" uchun hozirgi muhitni saqlab qolish muhimroq.

Mbappe o‘tgan mavsum oxirida Madrid klubiga o‘tishi mumkin edi, biroq futbolchining tashabbusi bilan transfer amalga oshmay qoldi. Fransiyalik futbolchi PSJ bilan shartnomani 2025 yilgacha uzaytirishga qaror qildi.

Madridning “Real” klubi ayni damda 35 ochko bilan Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 16:42, 25.12.2022.
O'qildi: 8295 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик