Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

APL. "Manchester Yunayted" maoshlar borasida "Arsenal" va "Tottenxem"ning umumiy xarajatlaridan ko‘proq pul sarflagan

APL. "Manchester Yunayted" maoshlar borasida "Arsenal" va "Tottenxem"ning umumiy xarajatlaridan ko‘proq pul sarflagan

Baho:
+ | -

So‘nggi paytlarda APL klublarining xarajatlari haqida ko‘p yozilmoqda. Bugun biz ingliz jamoalari maosh borasida qanday ko‘rsatkichga ega ekaniga to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Bu borada eng katta xarjdor jamoa "MYU" sanaladi. Bu klub o‘zining mahalliy raqibi bo‘lgan "Manchester Siti"dan 30 foiz ko‘proq mablag‘ni futbolchilar maoshiga sarflagan. Ammo so‘nggi besh yilda "qizil iblislar" hech nima yutmadi. Manchesterning ko‘k tomonida esa 4 ta Angliya chempionligi mavjud. Shuningdek, "MYU" transferlarga xarajat qilish borasida ham eng katta ko‘rsatkich qayd etib turibdi. Masalan, "Liverpul" o‘zining tarixiy raqibiga qaraganda maoshlar uchun yiliga 80 million funt kamroq xarajat qilgan. Ammo mersisaydliklar mankunianliklar so‘nggi bor chempion bo‘lganidan beri mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni olishga erishdi.

"MYU"ning katta xarajatlari haqida sobiq futbolchi Gari Nevill shunday degandi: "Men so‘nggi besh, olti-etti yil ichida sarflangan pullarga tarkib arzimaydi deb hisoblayman. Men o‘tgan kuni bir statistikaga ko‘zim tushdi. "MYU" futbolchilarga maosh to‘lash borasida dunyoda ikkinchi o‘rinda turar ekan. Endi jamoadagi tarkibga va ular erishgan natijalarga e’tibor bering. Nima deyish mumkin? Ha, men klub rahbariyatini o‘zgartira olmayman. Hech kim bu ishni qila olmaydi. Ammo rahbarlarning qarorlariga ba’zan tushunmay qolaman. Fergyuson davridan beri nimadir o‘zgardimi degan savolga, "faqat yomon tomonga" deb javob bergan bo‘lardim. Demak, ichkarida nimadir xatolik bor. Men bu jamoani potensiali borligini bilaman. Ularning ko‘p narsaga qodir ekaniga ishonaman. Ammo hammasi tartibsiz boshqarilmoqda. Ko‘p yillardan beri shu narsa klub oyog‘iga bolta urdi".

O‘tgan mavsumda "MYU" tarixdagi eng yomon natija bilan 6 o‘rinni olgandi. Erik ten Xag oldiga hozir "Siti" bilan bellasha oladigan jamoa qurish vazifasi qo‘yilgan. Maosh borasida APLning 10- jamoasi bo‘lgan "Nyukasl" kuchli to‘rtlikka da’vo qila boshlaganini hisobga olsak, mankunianliklarga oson bo‘lmasligi aniq. Quyida "Capology" portali tomonidan taqdim etilgan APLning to‘liq maoshlar jadvali taqdim etiladi. (Miqdorlar funt-sterlingda)


1. "Manchester Yunayted" – 222 984,000;
2. "Chelsi" – 169,720,000;
3. "Manchester Siti" – 163,060,000;
4. "Liverpul" – 141,782,000;
5. "Tottenxem" – 101,344,000;
6. "Arsenal" – 85,490,000;
7. "Lester Siti" – 78,780,000;
8. "Aston Villa" – 75,232,000;
9. "Vest Xem" – 70,160,000;
10. "Nyukasl" – 62, 610,000;
11. "Kristal Pelas" – 59,180,000;
12. "Everton" – 43,120,000;
13. "Vulvz" – 38,310,000;
14. "Fulxem" – 37,610,000;
15. "Sautgempton" – 35,380,000;
16. "Bornmut" – 32,044,000;
17. "Nottingem" – 28,590,000;
18. "Brayton" – 28,340,000;
19. "Lids" – 17,300,000;
20. "Brentford" – 15,240,000.

 

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 12:24, 26.12.2022.
O'qildi: 1296 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.