Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Rashid G‘ofurov: "Andijon" kuchli mutaxassisni olib keldi"

Rashid G‘ofurov: "Andijon" kuchli mutaxassisni olib keldi"

Baho:
+ | -

“Andijon” hamda “Navbahor-farm” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng namanganliklar bosh murabbiyi Rashid G‘ofurov o‘z fikrlarini quyidagicha bildirdi:

- O‘yindan olgan taassurotlarimiz yaxshi. Biz shunaqa o‘yin bo‘lishini kutgandik. O‘zimizdan bir pog‘ona baland jamoaga qarshi uchrashuv bizga tajriba beradi. O‘zimni jamoamga ishongan holda aytamanki, yutqazishimizga ishonmagandim. Agar 1:0 hisobida qolganida biz bunga loyiq bo‘lmasdik. Durang adolatli natija. Lekin hozir hamma jamoada yangi o‘yinchilar ko‘rikdan o‘tkazilyapti. Shuni hisobga olganda, “Andijon”ning bu hali oxirgi tarkibi emas, deb o‘ylayman. Jamoa yanada kuchayadi. Futbolchilarimdan ko‘nglim to‘ldi.

Klub Superligaga qaytdi. Tarkibini shakllantirib olsa, hammasi yaxshi bo‘ladi. Bu yerdagi futbolchilardan ko‘ra, bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovga katta ishonch bildiraman. Negaki, uni juda yaxshi mutaxassis sifatida bilaman. Uxlamasdan izlanadigan murabbiy. Taktika tanlashda ham usta. Yangi klubida yaqindagina ish boshladi. Xomyakovni ko‘p narsani yutishga qodir, murabbiy deb hisoblayman.

Shaxsan men bu mutaxassisga ishonaman. Har taraflama kuchli murabbiy. Uni yaxshi bilaman. “Mash’al”da to‘p surgan paytlarimdan bilamanki, “Andijon”ning birinchi navbatdagi yutug‘i shu bo‘ldiki, kuchli mutaxassisni olib keldi.

Bundan tashqari, klub bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev ham futbolga yangilik kirita oladigan inson. Birga ishlaganmiz. Katta-katta rejalarni amalga oshiradigan mutaxassis sifatida bilaman. Viloyat hokimi yordam berib tursa, “Andijon”ning kelajagi shu ikkita inson bilan yanada yorqin bo‘ladi, - deydi Rashid G‘ofurov.

Kiritildi: 23:45, 26.12.2022.
O'qildi: 1483 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик