Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

«Roma» futbolchisi: «Mourinyu men uchun amaki»

«Roma» futbolchisi: «Mourinyu men uchun amaki»

Baho:
+ | -

«Roma» forvardi Temmi Abraxam jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"U ajoyib murabbiy, va albatta, hamma uni o‘z jamoasida ko‘rishni istaydi. Portugaliya kabi terma jamoa uni o‘z safiga chorlayotgani men uchun sharaf. Lekin ishonchim komil, murabbiy bor e’tiborini "Roma"ga qaratgan.

Biz ko‘p xabarlarni o‘qidik, ammo bu haqda gaplashmadik. Mourinyo bizdan hamisha futbolchi sifatida o‘sishimizni talab qiladi. Biz joriy mavsumda o‘z maqsadlarimizga erishish uchun harakat qilyapmiz.

Avval ham aytib o‘tganman: u men uchun amakidek. Men murabbiylarga nisbatan hamisha shunday munosabatda bo‘laman. U mening eng yaxshi bo‘lishimni istaydi. Shuning uchun har jihatdan motivasiya beradi.

Yomon o‘ynaganimda ham, yaxshi harakat qilganimda ham u menga gapiradi. U hech qachon qoniqish hosil qilmaydi. Meni yo‘naltirib turadigan murabbiy menga kerak", – dedi Abraxam.

Ma’lumot o‘rnida. 25 yoshli angliyalik futbolchi A seriyaning joriy mavsumida 15ta o‘yinda ishtirok etib, 3 gol va 1 assist muallifiga aylandi.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 14:27, 27.12.2022.
O'qildi: 740 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.