Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachisi Serxi Roberto jamoada o‘ynashni davom ettirmoqchi, deb xabar beradi Esports RAC1. 30 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.
«Men shartnomamni yangilamoqchiman. Hozircha rasmiy muzokaralar o‘tkazilmagan, biroq Xavi meni jamoada olib qolmoqchi ekanligini allaqachon o‘zimga aytgan.
Hozirgi holatim u qadar yaxshi emas, klubning dublidagi o‘yinchilar bilan bir xil maosh olyapman, lekin «Barsa»ning vakili bo‘lganimdan faxrlanaman va bu yerda qolishni juda xohlayman. Men uchun pul muhim emas», - dedi Roberto.