Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Messi Argentinaning bo‘lajak prezidentimi? Mamlakatda qiziqarli so‘rovnoma o‘tkazildi

Messi Argentinaning bo‘lajak prezidentimi? Mamlakatda qiziqarli so‘rovnoma o‘tkazildi

Baho:
+ | -

Argentinaliklar hanuz Qatarda sodir bo‘lgan voqealardan hayajonda. Bayram ramzi esa hamon o‘sha-o‘sha – Lionel Messi. Giacobbe y Asociados tashkiloti uni daho va koinotning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olish o‘rniga, qiziqarli so‘rovnoma uyushtirdi. So‘rovnomaning maqsadi agar u mamlakat prezidentligiga nomzodini ilgari sursa, mamlakatning nechi foiz aholisi unga ovoz berishini aniqlash edi.

Ajablanarlisi shundaki, Argentinada jiddiy va siyosiy savodli kishilar juda ko‘p ekan. Hattoki jahon chempionati ham futbolchilar va prezidentlar turli yo‘llardan borishlari kerakligini unutish uchun sabab bo‘lmadi. So‘rovnomada ishtirok etganlarning 43,7 foizi amaldagi davlat rahbari Alberto Fernandesni emas aynan Messini tanlashini aytgan. 37,8 foiz ishtirokchilar amaldagi davlat rahbarini Lionelga almashtirmaydi. 17,5% ishtirokchilar esa ovoz berishmagan. Jami so‘rovnomada turli yoshdagi 2500 kishi ishtirok etdi. Manbaga ko‘ra, futbolchi aholida ikkita tuyg‘uni uyg‘otadi – quvonch va hayrat.

Shu bilan birga, respondentlar Argentina terma jamoasi va Messining, xususan, g‘alabani nishonlashda siyosatga aralashmaslik ishorasini yuqori baholaganliklarini mamnuniyat bilan qayd etishdi. Jamoa Buyenos-Ayresga yetib kelganidan so‘ng darhol prezident saroyiga taklifnoma oldi. Biroq, Argentina futbol federasiyasi siyosatchilar bo‘layotgan voqealardan faqat foyda olishni istaydi, deb hisoblab, buni rad etdi.

Yana bir qiziq fakt - ishtirokchilarga Argentina terma jamoasidagi siyosiy yo‘nalish haqidagi savol berildi. Bu yerda esa Messi peshqadam emas. Eng ko‘p ovoz Anxel Di Mariya uchun - u 97,4 foiz ovozga ega, undan keyin Messi (96,7 foiz), keyin esa - bosh murabbiy Lionel Skaloni (96 foiz). Quyida ro‘yxatda Xuan Alvares (95,8%), Emiliano Martines (92,4%) va Rodrigo De Paul (85,1%) ovoz olgan.

Qizig‘i shundaki, Messi siyosatga aralashmaslikni afzal ko‘radi va deyarli hech qanday xatti-harakatga izoh bermaydi. Shunga qaramay Argentinadagi siyosatchilar Messi obrazidan foydalanishdi. Yaqinda Leo oilasi uchun uy qurayotgan Funes shahrining faxriy fuqarosi, deb tan olindi. Shahar hokimi buni mamnuniyat bilan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi. Ammo futbolchining Argentinadagi siyosiy hayoti hali ham chegaralangan.

Kiritildi: 14:54, 28.12.2022.
O'qildi: 1748 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик