Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

«Navbahor» mavsum-2022 yakunlari: kartochkalar sarhisobi

«Navbahor» mavsum-2022 yakunlari: kartochkalar sarhisobi

Baho:
+ | -

“Navbahor”ning yakunlangan mavsumda qayd etgan statistik natijalari bilan tanishtirishda davom etamiz. Bu safar futbolchilarning kartochkalari statistikasiga to‘xtalishni lozim deb topdik.

Albatta, futbol jamoaviy sport turi sanalsada, yakkakurashlarga ham boydir. To‘p uchun kurashdagi bunday vaziyatlar esa odatda qo‘polliklarsiz o‘tmaydi.

Shuningdek, ayrim paytlarda raqib hujumini bartaraf etish, bundan tashqari, asabni jilovlay olmaslik, qiziqqonlik ham futbolchilarning hakam tomonidan ogohlantirish olishlari, ayrim paytlarda esa hattoki, maydondan chetlatishlariga sabab bo‘ladi. Qisqasi, kartochkalar millionlar o‘yinining bir bo‘lagi hisoblanadi.    

Coca Cola Superligasining yakunlangan mavsumida “lochinlar”ning 18 nafar futbolchisi hakamlar tomonidan sariq kartochkalar bilan “siylandi”.

Aytish lozimki, mavsum – 2022da «Navbahor»ning hech qaysi a’zosi qizil kartochka olmadi.

“Navbahor”ning ikki nafar o‘yinchisi -  Jamshid Boltaboyev hamda Yovan Jokich hakamlar tomonidan 5 marta ogohlantirilishdi va buning natijasida Coca Cola Superligasining bittadan bahsini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lishdi.

Yana 5 nafar futbolchi ham 4 tadan sariq kartochka olgan holda, bittadan o‘yinda  maydonga tushishmadi.  

«Navbahor» futbolchilarining mavsum–2022 kartochkalar bo‘yicha statistikasi esa quyidagicha:

Jamshid Boltaboyev, Yovan Jokich – 5 tadan sariq kartochka

Davronbek Hoshimov, Elguja Grigalashvili, Stanislav Andreev, Boyan Siger, Azimjon Ahmedov – 4 tadan sariq kartochka

Zoran Marushich, Rustamjon Ashurmatov, Asadbek Sobirjonov – 3 tadan sariq kartochka

Ehsoni Panshanbe, Jamshid Iskanderov, Igor Golban – 2 tadan sariq kartochka

Ibrohim G‘anixonov, O‘tkir Yusupov, Nurillo To‘xtasinov, Mirlan Murzayev, Aleksandr Kasyan – 1 tadan sariq kartochka.  

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:21, 28.12.2022.
O'qildi: 725 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.