Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Mbappe: «Barcha sovrinlarni poytaxtga olib kelishga qat’iy qaror qildim»

Mbappe: «Barcha sovrinlarni poytaxtga olib kelishga qat’iy qaror qildim»

Baho:
+ | -

«PSJ» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Liga 1ning 16-turi doirasida «Strasburg»ga qarshi o‘yindagi g‘alabadan so‘ng (2:1) fikr bildirdi. Ushbu uchrashuvda fransiyalik futbolchi qo‘shib berilgan 6-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritdi.

«Mening holatim oddiy edi - terma jamoaga nima bo‘lishidan qat’i nazar, «PSJ»da super o‘yin ko‘rsatish va men barcha sovrinlarni poytaxtga olib kelishga qat’iy qaror qildim», - dedi Mbappe GFFNga.

Fransiya terma jamoasi bilan Mbappe JCH-2022 finaliga chiqdi va u yerda Argentinaga yutqazdi (3:3, penaltilar - 2:4). Final bahsida fransiyalik futbolchi xet-trik qayd etdi.

«PSJ» Liga 1 turnir jadvalida 16 turdan keyin 44 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Fransiya chempionatining 17-turi doirasidagi navbatdagi o‘yinni parijliklar 2023 yil 1 yanvar kuni «Lens»ga qarshi o‘tkazishadi.

Kiritildi: 11:11, 29.12.2022.
O'qildi: 1550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик