Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Oleg Romansev: «Ronalduni «ko‘mish»ga shoshilmang!»

Oleg Romansev: «Ronalduni «ko‘mish»ga shoshilmang!»

Baho:
+ | -

«Spartak» klubi va Rossiya milliy jamoasi afsonaviy murabbiyi Oleg Romansevning fikricha, Krishtianu Ronalduni hisobdan chiqarishga hali erta.

 Tajribali mutaxassis va «SE» nashri sayti obunachilari o‘rtasidagi muloqotda JCH-2002 yakuni va shu kabi qiziqarli mavzular yuzasidan gap bordi.

- Oleg Ivanovich, JCH finalida qaysi tomonga muxlislik qildingiz? Sizga qaysi murabbiy uslubi yaqinroq - Skaloninikimi yoki Deshamniki?

- Ishonchim komil, Qatar mundiali finali tarixdan alohida joy oldi. Unda mutlaqo teng kuchli da’vogarlar to‘qnash kelishdi. Agar Fransiya termasi g‘alaba qozonganida, hech kim jamoa bunga loyiq emasmasligini aytolmasdi. Zero, Desham ixtiyorida ajoyib ijrochilar ko‘proq edi: Jiru, Grizmann, Mbappe... Ammo Argentina termasida Messi bor - bu boshqa barcha omillardan ustun! Yashirmayman, aynan Leoga muxlislik qildim, asosan ajoyib futbolchining faoliyatida kemtiklik qolmasligi uchun. Muhimi, millionlab odamlar kosmik darajaga tortadigan futbol tomosha qilishdi. Argentina termasi mazmunan boy va oqilona o‘yin ko‘rsatdi - his-tuyg‘ular jihatidan olovli uslub. Menga shunisi yaqinroq.

- Argentinaliklar birinchi bo‘limda to‘liq tashabbusga erishishdi. Fransiyaliklar atayin ikkinchi raqam ostida o‘ynashdimi?

- Deshamning himoyaviy uslub tanlaganiga ishonmayman. Bunday tarkib bilan har qanday raqib oldiga o‘z shartingizni qo‘yishingiz mumkin. Faqat argentinaliklar to‘p nazorati va maydonning barcha qismlariga to‘g‘ri joylashish evaziga o‘z hukmlarini o‘tkazishdi. Natijada Fransiya termasi xatolarga yo‘l qo‘ydi.

- Fransiya termasi ikkinchi bo‘limda o‘yin borishini mutlaqo o‘zgartirib yubordi. Bu birgina Mbappe xizmatimi?

- Mohiyatan shunday. Kilian nega uchrashuvning birinchi qismida passiv harakatlandi - buni bilmayman. Muhimi, u tanaffusdan so‘ng xuddi dovul kabi yo‘lidagi bor narsalarni supurib tashladi. O‘ylashimcha, argentinaliklar harakatiga charchoq ham ta’sir ko‘rsatdi. Qolaversa, hisobda oldinga chiqib olgan jamoa beixtiyor ustunlikni saqlab qolish uchun o‘ynaydi. Orada Lyoris ham jamoasini qutqarib qolib, o‘z sheriklariga qo‘shimcha kuch bag‘ishladi.

- Endi Messini Maradona bilan tenglashtirish mumkinmi?

- Messi allaqachon buyuk futbolchilar qatoriga qo‘shilgan hamda Pele va Maradonadan keyingi o‘ringa chiqqan. Albatta, u Argentina termasi o‘zagidir. Lekin chempionlikni faqat Leoga bog‘lash no­o‘rin. Maradona temir xarakteri, kiyinish xonasining chin yetakchisi sifatida ham ajralib turardi. O‘tgan asrning 80-yillari Argentina termasiga qarshi o‘ynaganimizda, Diyego endigina yoshlar o‘rtasidagi JCHda g‘olib chiqqan o‘spirin yigitcha edi. Shunda ham yetakchilik fazilatlarini ko‘rsata olgandi. Menimcha, shu jihatda Messi undan pastda, baribir. 

- Messi ketgach, jahon futbolida bosh yulduz maqomi Mbappe qo‘liga o‘tadimi?

- Unda buning uchun hammasi mujassam: ajoyib start tezligi, texnika, gol urish ins­tinkti va aniq zarba. Kilianning finaldagi ikkinchi golini eslang! U 24 yoshda - hammasi endi boshlanmoqda!

- Ronalduning Portugaliya termasi zaxirasida o‘tirishi Stanislav Cherchesov uchun JCHning asosiy syurprizlaridan biri bo‘libdi. Bu holat sizni ham ajablantirdimi? Murabbiylik davrida yetakchi futbolchini biror marta debyutant bilan almashtirganmisiz?

— Bunday tajribaga qo‘l urmasdim. Axir Ronaldu aql bovar qilmas instinkti bilan har qanday o‘yin taqdirini yolg‘iz o‘zi hal qilishga qodir futbolchilar toifasidan. Shu ma’noda Krishtianu xuddi Messi va Maradona kabi daxlsiz guruhga mansub. Futbolda bunday yulduzlar uchun yozilmagan qonunlar bor - ularga hurmat bilan qarash kerak. Jumladan, agar sog‘lom bo‘lishsa, tarkibdan joy olishlari shart. Santush esa shu qoidadan chetga chiqdi. Ha, uning qarori Shveysariya termasiga qarshi o‘yinda ish berdi, biroq ke­yin-chi? Ehtimol, murabbiy Ronaldu bilan biz bilmagan shaxsiy kelishmovchiliklar tufayli shunday qadam tashlagandir...

- Braziliya termasi xorvatlar bilan bahsda o‘z o‘yinidan chekingani tufayli omadsizlikka uchragani xususidagi xulosa to‘g‘rimi?

- Qadim sharq hikmatini qanday eslamaslik mumkin? «Ular ayyorlikdan charchamaydilar, bundan o‘lishadi!» Braziliyaliklar turnirni yorqin va ishonchli g‘alaba bilan boshlashdi, keyin Shveysariya termasini ham yengishdi va birdan kamerunliklarga qarshi bahsda g‘alati yondashuv kuzatildi. Jiddiy qo‘ng‘iroq! Risharlison go‘zal gollari, raqs tushishi, J.Koreya termasining osongina mahv etilgani Neymar va uning sheriklari boshini aylantirdi, chog‘i. Qolaversa, JCH kubogini oldindan Tite jamoasiga berib qo‘yishgani ham aks ta’sir qildi. 

- Kamtarona tarkibga ega Marokash jamoasining 4-o‘ringa joylashganini butun Afrika futboli taraqqiyoti bilan izohlash mumkinmi?

- Marokashliklar kamtarona tarkibga ega ekanliklarini kim aytdi? Qarang, jamoa futbolchilari «PSJ», «Vest Xem», «Bavariya», «Fiorentina», «Marsel», «Chelsi», «Sevilya» va «Sampdoriya» kabi klublarda o‘ynashadi. Qolaversa, Marokash termasi vakillari o‘z klublarida so‘nggi o‘rinlarda ham emaslar. Hakimining transfer bahosi - 65 million yevro! O‘ylaymanki, «Sevilya» hujumchisi al Nosirining narxi ham keskin oshadi. 1977 yili «Spartak» Marokashga mamlakat milliy jamoasi bilan o‘ynash uchun borganini yaxshi eslayman. O‘shanda «spartakchilar» Gavrilov, Pavlenko va Bulgakov gollari evaziga 4:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi. Endi Marokash termasi kuchli va zamonaviy tarkibga ega, haqiqiy jangchi xarakteriga ega yigitlari ko‘p. Ko‘rinib turibdi, marokashliklar o‘zlari emas,  jamoalarini ko‘proq yaxshi ko‘rishadi. Germaniya futboli bundan saboq chiqarishi kerak.

- Stanislav Cherchesov yana Ronaldu o‘yinidagi pasayishni uning asosiy e’tiborni jamoaviy natijalardan ko‘ra, shaxsiy yutuqlarga qaratgani bilan izohladi. Bunga qo‘shilasizmiz?

- Qisman. Lekin shuhratparastlik va eng zo‘r bo‘lishga intilish - futbolchining eng yomon fe’l-atvori emas. Zero, bu unga yuqori darajaga chiqishida yordam beradi. Ishonamanki, Qatar-2022 buyuk Ronalduning quyoshi botishi emas. Uning ko‘z yoshlariga zaiflik namunasi sifatida qarash noto‘g‘ri, bu o‘zidan g‘azablanish hissidir. Ronaldu ham inson. Uni «ko‘mish»ga aslo shoshilmang. Shubham yo‘q, Krishtianu hali jahon yulduziga mos darajada o‘ynay oladi.

- Hozir Rossiyada Vyacheslav Koloskov «botqoqlik» va «bir tomonlama yo‘l» sifatida baholayotgan Osiyo futboliga o‘tish masalasi qizg‘in muhokama qilinmoqda. Sizning pozisiyangiz qanday?

- Menimcha, Vyacheslav Ivanovich biroz hayajondan «bot­qoq» iborasini ishlatgan. Tan olish kerak, Osiyo - butunlay boshqacha futbol olami. OFK oilasiga qo‘shilish nafaqat orqaga qadam, balki boshi berk ko‘chaga kirish bo‘lishi ham mumkin. Lekin futbolimiz yuksalishi uchun terma jamoaga ham, klublarga ham halqaro turnirlar, o‘yinlar kerak. Ammo OFKda o‘ynash oldinga siljishni anglatmaydi. Qisqasi, men ham Osiyo futboliga yuzlanishga mutlaqo qarshiman, qolaversa, FIFA ham bunga ruxsat bermasa kerak.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:00, 29.12.2022.
O'qildi: 1793 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.