Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

«Oltin to‘p» ketma-ket ikkinchi mavsum ham egasini adolatsiz topishga yaqin — Mbappe bir faktordan tashqari Messidan butunlay ustun

«Oltin to‘p» ketma-ket ikkinchi mavsum ham egasini adolatsiz topishga yaqin — Mbappe bir faktordan tashqari Messidan butunlay ustun

Baho:
+ | -2

Jahon chempionatidagi g‘alaba Leo foydasiga yagona dalil bo‘lishi mumkin. Ammo Kilian Mbappe ancha kuchli statistikani ko‘rsatmoqda.

Goal nashri yaqinda «Oltin to‘p»ga da’vogarlarning yangi reytingini e’lon qildi. Kuchli beshlikka Lionel Messi, Kilian Mbappe (ikkalasi ham «PSJ»), Erling Xoland («Manchester Siti»), Neymar («PSJ») va Robert Levandovski («Barselona») kirdi. Bu yerda faqat Messi va Mbappe variantlari aylanishi mumkin, boshqa futbolchilarni hurmat qilgan holda albatta. Hatto Levandovski ham bu borada biroz chetga chiqib qoladi, lekin nazariy jihatdan Mbappe poygada g‘alaba qozonishi mumkinligini tan olish ham kerak. «Oltin to‘p»ni kim olishi allaqachon aniq. Mukofotga asosiy da’vogar Messi bilan bir klubda to‘p tepayotgan Mbappe da’vogar bo‘lishi mumkin. Ammo jahon chempionatidagi g‘alaba ulardan faqat bittasiga nasib etdi va bu hal qiluvchi omil bo‘lishi kerak. Leo poygada yetakchilik qilmoqda, bu aniq. U o‘zi uchun muhim bo‘lgan narsaga erishdi va endi u bundan zavqlana oladi», - dedi Levandovski. Mukofotning amaldagi sohibi «Real» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema bu yil so‘zsiz favorit sifatida sovrinni qo‘lga kiritdi. Messiga kelsak, hamma narsa unchalik aniq emas. Ha, Lionel Argentina terma jamoasi bilan JCH-2022da g‘olib chiqdi, biroq Mbappe Fransiya bilan finalga chiqdi va turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. «PSJ»da aynan Kilian hozir asosiy yulduz bo‘lib, nufuzli sovrinni qo‘lga kiritishga umid qilish uchun unda barcha asoslar bor.

Mbappe Messidan ko‘ra kuchliroq statistika ko‘rsatmoqda

Mbappe va Messi 2022 yilda eng ko‘p gol va golli uzatmalarni amalga oshirgan. Fransiyalik futbolchi urilgan gollar soni bo‘yicha argentinalikdan ancha oldinda. Kilian 56 o‘yinda 73 (56+17), Lionel 51 uchrashuvda 65 (35+30) ochko jamg‘argan. Keyingi o‘rinlarda Xoland 53 (45+8), Neymar 52 (42 o‘yinda 32+20) va Levandovski 51 (51 o‘yinda 42+9) bormoqda. Kilian Mbappe va Lionel Messi JCH-2022ning so‘nggiga qadar gol urish bo‘yicha yetakchilik qilib keldi. Fransiyalik hujumchida sakkizta gol (ikkitasi penaltidan) va ikkita golli uzatma bor, argentinalik hujumchida yettita gol (shundan to‘rttasi penaltidan) va uchta golli uzatma bor. Ular turnirning eng yaxshi to‘purarlariga aylanishdi va 52 yil oldingi yutuq takrorlandi. Oxirgi marta 1970 yilda ikki futbolchi «gol+pas» tizimida kamida 10 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan edi: Gerd Myuller (Germaniya) 13 ta va Pele (Braziliya) 10 ta. 23 yoshli Mbappe finalda xet-trik qayd etdi, u jahon chempionatining hal qiluvchi o‘yinlarida urilgan gollar soni bo‘yicha (umumiy 4) jahon rekordini yangiladi. Undan boshqa hech kim finallarda 4 marta gol urgan emas. Fransiya Argentinaga yutqazdi, lekin faqat futbol lotereyasida. Kilian o‘zi ishtirok etgan ikkita jahon chempionatida 12 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. To‘rt yil ichida u Miroslav Klozening tarixiy rekordini (16 ta gol) osongina ortda qoldirishi va uni «abadiy» maqomga qadar mustahkamlashi mumkin. Mbappe 2022 yilgi jahon chempionatidan keyin dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi. Transfermarkt hujumchining narxini 180 million yevroga ko‘tardi. Kilian 170 million yevroga baholangan Xolandni ortda qoldirdi. Albatta, 35 yoshli Messi yoshi tufayli bu borada yosh hamkasblari bilan raqobatlasha olmaydi, lekin baribir Mbappening doimiy taraqqiyotini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.

Jahon chempionatida g‘alaba qozonish Messi foydasiga jiddiy argument, ammo hal qiluvchi emas

O‘tgan yili «Oltin to‘p»ni olish mezonlari o‘zgardi. Endi futbolchilarning avvalgidek bir kalendar yili uchun emas, balki mavsumdagi natijalari hisobga olinadi. Ya’ni, 2023 yilgi eng yaxshi futbolchini tanlashda JCH-2022 (noyabr-dekabr) natijalari inobatga olinadi. Shu bilan birga, birinchi o‘rinda hamon o‘yinchining individual yutuqlari, ikkinchi o‘rinda jamoasining unvonlari va o‘yinlari, uchinchi mezonda o‘yinchining sinfi va uning halol o‘yin tamoyillariga sodiqligi ko‘rinadi. Messi ko‘p orzu qilgan jahon chempionatida g‘olib chiqdi, Mbappe esa undan ham ertaroq 19 yoshida buni yutgan edi. Messining jahon chempionatidagi g‘alabasi argentinalik foydasiga jiddiy argument, ammo «Oltin to‘p» faqat shu fakt asosida berilmasligi kerak. 2022/2023 yilgi mavsumning ikkinchi yarmi hal qiluvchi bo‘ladi. Kilianning energiyasi bitmas-tuganmas. Messi Jahon chempionati finalidan so‘ng kichik ta’tilga chiqdi va maydonga eng yaxshi holatda yanvar o‘rtalarida tushadi, Mbappe esa 28 dekabr kuni - Jahon chempionati finalidan 10 kun o‘tib Liga 1da Strasburg (2:1) bilan o‘ynadi. U sovuqqonlik bilan uchrashuvning 90+6-daqiqasida penaltidan g‘alaba to‘pini kiritdi. Mbappe afsonaviy yengil atletikachi Useyn Boltdan keyin sayyoradagi ikkinchi eng tez yuguruvchi sportchi hisoblanadi. Mbappe 100 metrni 11 soniyada bosib o‘tdi (eng yuqori tezligi 38,01 km/soat). Bu raqamlar «Oltin to‘p» sohibini aniqlashda hech narsani anglatmaydi, biroq Mbappening mavsumining qolgan qismini Messidan sezilarli darajada yaxshi o‘tkazishiga ishonish uchun jiddiy asoslar beradi. Kilian Fransiya chempionatida 15 ta o‘yinda 13 ta gol urdi. Mbappe oxirgi beshta turda beshta gol urdi. U Liga 1 to‘purarlik poygasida peshqadamlik qilmoqda, ikkinchi o‘rinda borayotgan jamoadoshi Neymar bilan ikki to‘p farqi bor. Messi 7 ta gol bilan sakkizinchi o‘rinda. Chempionlar ligasida ham Mbappe ishonchliroq o‘ynadi. Kilian 7 ta gol orqali «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh bilan peshqadamlik qilmoqda. Messi guruh bosqichida atigi to‘rtta gol urdi. «Gol+pas» tizimiga ko‘ra, Kilian yagona yetakchi hisoblanadi. Uning hisobida 10 ochko bor, Saloh va Messi 8 ochko bilan keyingi o‘rinlarda.

Mbappe Messidan statistik ustunlikni oshirishiga shubha yo‘q. Garchi Liga 1 hisobidan bo‘lsa ham, chunki Chempionlar ligasida «PSJ»ning yo‘li 1/8 finalda «Bavariya»ga tushgan va tezda yakunlanib qolish ehtimoli ham yo‘q emas. Leoning futbol olamidagi obro‘si ancha yuqori, ammo biz 2021 yilda «oltin to‘p»ni Robert Levandovski ololmay qolgan vaziyatning yana takrorlanishini istamasdik.

Kiritildi: 21:43, 29.12.2022.
O'qildi: 5750 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.